Bosh sahifa /  O`zaro hamkorlik /  "Baxtim shul — o’zbekning Zulfiyasiman"
"Baxtim shul — o’zbekning Zulfiyasiman"

Yaqinda viloyat drama teatrida O`zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag`ishlab o`tkazilgan tadbir ana shunday nomlandi.

Viloyat hokimligi, respublika ma`naviyat targ`ibot markazi viloyat bo`limi tashabbusi bilan uyushtirilgan ushbu ma`rifiy-badiiy kechada poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh ijodkorlar, viloyatimizdagi adabiyot, she`riyat ixlosmandlari, oliy o`quv yurtlari talabalari, kollej va litsey o`quvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida so`z san`atiga munosib hissa qo`shgan, ko`p qirrali faoliyati bilan xalqimiz qalbida o`chmas iz qoldirgan ardoqli shoiraning hayoti va ijodiga oid videofilm namoyish qilindi.

Badiiy kechani viloyat hokimi o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi Zulfiya To`yeva qisqacha kirish so`zi bilan ochdi.

 Tadbirda “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, filologiya fanlari doktori, adabiyotshunos Shuhrat Rizaev so`zga chiqib, shoiraning hayoti, sermazmun va serqirra ijodi haqidagi fikr-mulohaza, taassurotlari bilan o`rtoqlashdi. Shundan so`ng “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Sobir O`nar, dilkash, lirik shoira Farida Afro`zning Zulfiya shaxsi, ijodi xususidagi mulohazalari tinglandi.

BuxDUning filologiya fakulteti talabalari Zulfiya ijodiga mansub she`rlar, “Quyoshli qalam” dostonidan parchalarni maromiga etkazib aytib berishdi.

— Har yili bahor oyining ilk kunida xalqimiz yoshlik, sevgi va sadoqat kuychisi Zulfiya tavalludini bayram qiladi. Bu yilgi tadbirlar esa yangicha mazmun va ommaviylik kasb etmoqda. Boisi, Yurtboshimizning “O`zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to`g`risida”gi qaroriga muvofiq shoira dahosiga ko`rsatilayotgan ehtiromdir. Shu munosabat bilan mamlakatimizning barcha go`shalarida bo`lgani kabi viloyatimizdagi oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o`rta ta`lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda ham taniqli adib va olimlar, san`atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etilmoqda, — dedi viloyat hokimining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha yordamchisi Zarifjon Komilov.

— Biz, yoshlarning ta`lim, fan, madaniyat, sport va adabiyot yo`nalishlaridagi intilishlarimizni munosib rag`batlantirish maqsadida ta`sis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat  mukofoti yosh iqtidorlar kamolotida pillapoya vazifasini o`tayapti. Iste`dodingni yuzaga chiqaraman, parvoz bag`ishlayman, deb elka tutgan, uchqundek yilt etgan qobiliyatingni quyoshdek porlatadigan g`amxo`r davlat, mehribon Yurtboshi yana qaerda bor?! Bu faqat bizning jonajon O`zbekistonimizda, — deya minnatdorchilik izhor qildi mazkur mukofotning 2012 yilgi  sohibasi, Muxtor Ashrafiy nomidagi san`at kolleji o`quvchisi Nodirabonu Sa`dieva.

Jo`shqin ijodkor, jamoat arbobi, sadoqatli rafiqa, mehribon ona, oila sardori timsolidagi munis siymosi bilan avlodlarga o`rnak bo`layotgan shoira dahosi shu taxlit yodga olindi. Uning satrlarida aks etgan muhabbat, o`zbekona hayo, kuyinchaklik va mehribonlik, vatan va millatga fidoiylik tuyg`ulari tarannum etildi.

Tadbir davomida san`atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo`shiq va raqslar yanada ko`tarinki ruh bag`ishladi.

Poytaxtlik mehmonlar ishtirokidagi Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan ana shunday adabiy-badiiy, ma`naviy-ma`rifiy tadbir Romitan pedagogika kollejida ham bo`lib o`tdi.

Orqaga Chop Etish  1752 |   09-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation