Bosh sahifa /  Tarkibiy bo`linmalar /  Viloyat hokimligi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko’maklashish va qo’llab-quvvatlash guruhi
Viloyat hokimligi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko’maklashish va qo’llab-quvvatlash guruhi

Mirzayev Shomurod Rajabovich
200100, Buxoro sh., Ibrohim Mo`minov ko`chasi 1-uy
tel: 223-72-33 e-mail:sh-mirzaev@buxoro.uz

Fuqarolarni qabul qilish kuni va soati: har kuni soat 10:00 dan viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

Vazifalari:

biznesni yuritish, shu jumladan biznesni ro’yxatdan o’tkazish, yer uchastkalari berish, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish  va shu kabilar bo’yicha xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari doirasida baholanadigan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda joriy etilishi monitoringini olib boradi va chuqur tahlil qiladi;

“yagona darcha” tamoyili bo’yicha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko’rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qiladi;

ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar natijalari asosida tadbirkorlik
va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to’g’risidagi tahliliy materiallarni tayyorlaydi va keyinchalik ularni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritadi;

hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;

hududning eksport salohiyatini yuksaltirish, kichik biznes sub’ektlari eksportiga ko’maklashish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, kichik biznes sub’ektlarini eksport faoliyatiga jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqali va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hududdagi tadbirkorlik sub’ektlarining chet davlatlarda o’tkaziladigan ko’rgazmalarda o’z mahsulotlari bilan ishtirok etishiga hamda chet davlatlarda savdo uylari tashkil qilishiga ko’maklashadi;

turizm xizmatlari eksportini ko’paytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etilishini ta’minlaydi;

tadbirkorlikni rivojlantirishdagi, mahsulot eksporti borasidagi eng muhim muammolar bo’yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o’tkazish, shuningdek tadbirkorlikni va eksportni qo’llab-quvvatlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to’g’risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo’li bilan tadbirkorlik sub’ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etadi.

Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko’maklashish va qo’llab quvvatlash guruhi to’g’risidagi Nizomga va viloyat  hokimining qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 

Orqaga Chop Etish  1555 |   08-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 54
  • Ko`rib chiqilmagan: 15
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-11-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation