Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Tarkibiy bo`linmalar /  Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari kotibiyati mudiri
Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari kotibiyati mudiri

Norboyev Botir Karimovich 200100, Buxoro sh., Ibrohim Mo`minov ko`chasi 1-uy
tel: 224-10-07 e-mail:b-norboev@buxoro.uz Qabul kunlari: Har kuni.

Asosiy vazifalari:

Viloyat hokimining jamoat va dinny tashkilotlar bilan aloqalar  bơyicha ơrinbosari kotibiyati bevosita viloyat hokimi ơrinbosari rahbarligida joylarda din va millatlararo munosabatlar, jamoat tashkilotlari faoliyati sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlaydi.

Ơz faoliyatida Ơzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari, Ơzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari va boshqa hujjatlari, Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qaror va farmoyishlari, Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlari, viloyat hokimining qaror va farmoyishlariga amal qiladi.

Zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda davlat boshqaruvining respublika va hududiy organlari, jamoat, diniy va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Quyidagilar kotibiyatning vazifalari hisoblanadi:

-           joylardagi tegishli davlat hokimiyati organlari, jamoat va diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilish, diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlik, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni barqaror rivojlantirishni ta'minlash hamda  yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, diniy- ekstremistik mafkura va missionerlik faoliyati tarqalishiga tơsqinlik qilish;

-           mamlakatda turli fuqarolik jamiyati institutlari, avvalo, nodavlat notijorat jamoat tashkilotlarini  yanada rivojlantirish, mamlakatni demokratik yangilash hamda modernizasi  qilishda ularning roli va ahamiyatini kuchaytirish;

-           joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati ustidan kompleks monitoringni tashkil  etish, davlat hokimiyati mahalliy organlarining, fuqarolarning ơzini ơzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligini tashkil etishga, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarni mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirishga jalb etishga kơmaklashish;

-           davlatning yoshlar siyosatini amalga oshirish, soğlom, barkamol yosh avlodni tarbiyalash, yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlash borasida joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, “Mahalla” xayri  jamoat fondi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hududiy bơlimlari, ta'lim, madaniy-ma'rifiy muassasalar va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

- Ơzbekiston Respublikasi Adliya idoralari bilan hamkorlikda jamoat va diniy tashkilotlarning Ơzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya  etishini ta'minlash;

- joylardagi davlat hokimi tining tegishli organlari, jamoat va diniy tashkilotlarning madaniy me’ros ob'ektlarini saqlash masalalari bơyicha ơzaro hamjihatligini ta'minlash;

- “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etishda mahalliy davlat, jamoat va diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

Kotibiyat bevosita hokim ơrinbosari rahbarligida:

-           viloyatda din bilan boğlik ahvol, millatlararo munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni muntazam ơrganadi, ularni yanada soğlomlashtirish bơyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

- Ơzbekiston Musulmonlari idorasi va boshqa diniy tashkilotlar, “Mahalla” xayri  jamoat fondi, “Nuroniy”, “Oltin meros” jamğarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, ƠzNNTMA, siyosiy partiyalar, Ơzbekiston ekologik harakati, Ơzbekiston Kasaba uyushmalarn federatsiyasi, milliy madaniyat markazlari va dơstlik jamiyatlarining hududiy tuzilmalari tomonidan ustavda belgilangan vazifalarning samarali bajarilishiga kơmaklashadi va nazorat qiladi, ularning faoliyatini yanada takomillashtirishga doir takliflar kiritadi, shuningdek, viloyat hokimining yordamchisi bilan Respublika ma'naviyat-tarğibot markazi hududiy bơlimlarining tarğibot va qarshitarğibotga faoliyatini tashkil etishda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bơyicha hamkorlik qiladi;

- viloyat hokimining nazorat qilinadigan tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish bilan boğliq, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo va dinlararo dơstlik, totuvlikni ta'minlashga qaratilgan qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlaydi;

- qonunbuzarliklarning oldini olish, nazorat qilinadigan tashkilotlarning ustav faoliyatini samarali amalga oshirishiga tơsqinlik qiladigan muammolarni aniqlash va bartaraf etish bơyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, shuningdek, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qơyish, tayinlash va vazifasidan ozod etish bơyicha kompleks chora-tadbirlarni bajarishda respublika hamda markaziy tuzilmalar rahbariyati bilan hamkorlik qiladi;

- respublikada din bilan boğliq ahvolni yanada soğlomlashtirish bơyicha yillik Hukumat dasturining tơliq amalga oshirilishini ta'minlaydi, viloyat hokimligi huzuridagi Ma'naviyatni soğlomlashtirish tadbirlarini monitoring qilish va ơtkazish bơyicha idoralararo ishchi komissiyasi faoliyatini yơlga qơydi;

-           jismoniy va yuridik shaxslarning millatlararo va dinlararo munosabatlar, diniy huquq va erkinliklarni ta'minlashga taalluqli shikoyat hamda arizalarini ơrganadi;

-           mahalliy OAV va “Internet” tarmoğida respublikada din sohasida, millatlararo dơstlik va e'tiqod erkinligini ta'minlash borasida erishilgan yutuqlarni tarğib qilish, mintaqani ma'naviy hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bilan shuğullanadigan jamoat tashkilotlari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati tơğrisida jamoatchilikning ijobiy fikrini shakllantirish.

-           xalq farovonligini oshirish, turmush darajasini yaxshilash, ta'lim, tibbiy xizmatlardan foydalanish va tadbirkorlik bilan erkin shuğullanishga qaratilgan hukumat qarorlarining mazmun-mohiyati va ularning qanday amalga oshirilayotgani OAV, aholining turli qatlamlari bilan uchrashuvlarda ơz vaqtida yoritib borishni tashkil qiladi;

- diniy-ma'naviy me’rosni saqlash va ơrganish, islom tarixi hamda madani tining yozma va me'moriy yodgorliklarini asrab-avaylash bơyicha ilmiy hamda amaliy faoliyatni yơlga qơyadi;

-           har yili “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish bơyicha hududiy komissiya faoliyatini tashkil qiladi, ziyoratchilar rơyxatini tuzishda ijtimoiy odillikni ta'minlaydi;

- jamiyat manfaati yơlida jamiyatda rahmdillik va insonparvarlik ğoyalarini joriy etishga kơmaklashadigan ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirish hamda mustahkamlashga qaratilgan amaliy tashabbuslarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlariga yordam berish ishlarini tashkil etadi;

- Ơzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshka institutlarini qơllab-quvvatlash jamoat fondi mablağlari hisobidan loyihalarni samarali amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlariga kơmaklashadi, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy rivojlantirish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlarining xalqaro hamkorligiga yordam beradigan chora-tadbirlar tizimini hayotga tatbiq etish bơyicha takliflar ishlab chiqadi;

- fuqarolarning ơzini ơzi boshqarish organlari, shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy bơlimlari faoliyatini tartibga soladigan amaldagi qonunchilik talablari ijrosini ta'minlaydi;

- “Mahalla” xayri  jamoat fondi hududiy tuzilmasining fuqarolar yiğinlari faoliyatini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnik ahvolini mustahkamlashga doir ishlarini muvofiqlashtiradi;

- mamlakatni yanada rivojlantirish, davlatni boshqarish, ijtimoiy va bozor islohotlarini hayotga tatbiq etish, davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish, mahallani aholini manzilli ijtimoiy qơllab-quvvatlash markaziga aylantirish, xususiy tadbirkorlik hamda oilaviy biznesni rivojlantirish jarayonlarida fuqarolarning ơzini ơzi boshqarish organlari faol ishtirok etishiga yordam beradigan chora-tadbirlar tizimi ijrosini ta'minlaydi;

- azaldan shakllangan milliy va ma'naviy qadriyatlarni asrab-avaylash va keng tarğib qilishni davlat tomonidan qơllab-quvvatlash, eng yaxshi xalq urf-odatlari va an'analarini ommalashtirish, mahallalar ơrtasida madaniy-ma'rifiy ishlarni kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni ta'minlaydi;

- “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy bơlim va bơlinmalarining kam ta'minlangan oilalar, nogironlar, yetim-yesirlar va yolğiz keksalarga nisbatan insonparvarlik hamda rahmdillik ğoyalarini tarğib qilish, ularga moddiy va ma'naviy yordam kơrsatishga yơnaltirilgan faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- fuqarolarning ơzini ơzi boshqarish instituti - mahallaning faoliyat kơrsatishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, uning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik institutlari bilan yaqin hamkorligini ta'minlash bơyicha takliflar ishlab chiqishni tashkil etadi;

- ijtimoiy buyurtma shaklidagi davlat mablağlarini yơnaltirish orqali joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni  hal etishga fuqarolarning ơzini ơzi boshqarish organlarini keng jalb etishni tashkil qiladi;

- yoshlar ơrtasida ijtimoiy jarayonlarni, ularning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va rivojlanishga ta'sirini kompleks ơrganish, prognoz qilishni tashkil qiladi, bu borada kơrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;

- yoshlar tashkilotlari faoliyatini, birinchi navbatda, yosh avlodni buzğunchi diniy-ekstremistik va sayoz “ommaviy madaniyat” ta'siridan himoya qilishga, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda soğlom turmush tarziga intilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishni shakllantirishga yơnaltiradi;

- yosh oilalarni qơllab-quvvatlash, ular uchun munosib yashash va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratishga yơnaltirilgan ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

- oliy ta'lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatni ơtagan, ayniqsa, kichik shahar va qishloqlardagi yoshlarni ish bilan ta'minlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga yordam beradi;

- jismoniy tarbiya  va sportni rivojlantirish, yoshlarni kichik biznes va tadbirkorlikni, ayniqsa, qishloqlarda rivojlantirish sohasiga jalb qilishga qaratilgan yoshlar borasidagi davlat siyosatini hayotga tatbiq etish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini kơradi;

- yoshlar tashkilotlarining musiqa, rassomchilik, san'at va madaniyat sohasida iqtidorli yoshlar va qobiliyatli bolalarni erta aniqlash hamda rivojlantirish borasidagi tashabbuslarini qơllab-quvvatlash ishlarini muvofiqlashtiradi;

- “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va yoshlarning boshqa jamoat tashkilotlari tashkil topishi hamda rivojlanishi uchun tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yanada takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlaydi.

Kotibiyatdagi nomenklatura mutasaddilikdagi tashkilotlar, shuningdek, yuqorida qayd etilgan yơnalishlar bơyicha alohida-alohida yuritiladi.

 

Orqaga Chop Etish  1468 |   08-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 38
  • Ko`rib chiqilmagan: 21
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

29-07-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation