Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Tarkibiy bo`linmalar /  Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari kotibiyati mudiri
Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari kotibiyati mudiri

Jabborov Nuriddin Muhiddinovich

200100, Buxoro sh., Ibrohim Mo`minov ko`chasi 1-uy
tel: 223-92-93 e-mail:n-jabborov@buxoro.uz

Qabul kunlari: Har kuni.

Quyidagi asosiy vazifalari:

Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o`rinbosar kotibiyati faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Viloyat hokimining tegishli qaror va farmoyishlarining bajarilishini tashkil qiladi va umumiy nazoratga oladi. Ishni rejalashtiradi, kotibiyat vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal qilish bo`yicha yo`nalishlarni va vazifalarni belgilaydi, taqsimlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta’minlash;

viloyat, shahar va tumanlarning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko’rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;

iqtisodiyot masalalari bo’yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo’mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o’rtasida muloqot o’rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so’zsiz amalga oshirish;

tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo’lga qo’yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish
va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsilashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablag’ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar o’rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq xo’jaligini barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va mevasabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tuman, shahar va viloyatning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so’zsiz amalga oshirishni ta’minlash;

hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o’rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashish;

xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subventsiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish
va bartaraf etish;

qishloq xo’jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo’jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx kon’yukturasini o’rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta’minlash bo’yicha kompleks
chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;

iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada ilmiy va texnologik salohiyatni, innovatsion texnologiyalarni yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan
chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkil etish;

turizmni rviojlantirish, turizm infratuzilmalarini shakllantirish, yangi turistik marshrutlar tashkil etish va chet davlatlarda hududning turistik salohiyatini keng targ’ib qilish;

chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko’rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko’rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, aholini iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash bo’yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko’rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

“yagona darcha” tamoyili bo’yicha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko’rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilish;

ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar natijalari asosida tadbirkorlik
va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to’g’risidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritish;

hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;

tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo’yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o’tkazish, shuningdek tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to’g’risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo’li bilan tadbirkorlik sub’ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish;

davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza qilish samaradorligini oshirish;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini  amalga oshirish.

Orqaga Chop Etish  1136 |   08-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation