Bosh sahifa /  Tarkibiy bo`linmalar /  Viloyat hokimi yordamchisi
Viloyat hokimi yordamchisi

Jabborov Nuriddin Muhiddinovich

200100, Buxoro sh., Ibrohim Mo`minov ko`chasi 1-uy
tel: 224-41-10 e-mail:info@buxoro.uz

Vazifalari:


Hokimning kunlik, xaftalik, oylik, choraklik va yillik ishlarini tashkillashtiradi.

Har kuni viloyat hokimi qabuliga viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha kelgan mansabdor shaxslarni maqsadini o`rganib, belgilangan tartib asosida hokim qabuliga kiritadi. Hokim topshirig`iga binoan zarurat talab qiladigan vaqtlarda vaqtidan qat’iy nazar ma’sul shaxslarni hokim qabuliga taklif etadi.

Xorijiy va hamdo`stlik davlatlaridan, qo`shni viloyatlardan turli masalalarda kelgan mansabdor shaxslar, mehmonlarni qabulxonada tegishli tartibda qabul qilib, hokim huzuriga tashrif buyurishlarini tashkil etadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis, vazirliklar va boshqa barcha yuqori tashkilotlarning kundalik telefon qo`ng`iroqlariga belgilangan yo’riqnomalar asosida javob beradi, bu haqda viloyat hokimini xabardor qiladi va zarur hollarda tegishli mansabdor shaxslarga xabarlarni yetkazadi.

Hokim topshiriqlarini tezkor va sifatli bajaradi, ularni hisobga oladi va nazorat qiladi, ularning bajarilishi haqida hokimga axborot berib boradi. Viloyat hokimiga matbuotda chop etilayotgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari haqida o`z vaqtida axborot berib boradi.

Hokim tomonidan o`tkaziladigan majlislarni tashkil etishda qatnashadi.

Respublika va viloyat gazetalari va jurnallari saxifalarida chop etilgan viloyat hayotiga oid nashrlar, maqolalar haqida hokimga axborot beradi, hokim nomiga kelayotgan muhim hujjatlar bilan ishlaydi, ularni hokim ko`rib chiqishi uchun tayyorlaydi. Shoshilinch xarakterdagi xabarnoma va topshiriqlardan zudlik bilan hokimni xabardor etadi.

Shaxsiy masalalar bo`yicha viloyat hokimini qabulini o`tkazishda ishtirok etadi va uni tashkil etishda ariza va shikoyatlar mutaxassisi bilan hamkorlikda ishlaydi.

Hokimlik guruh va kotibiyatlari bilan hamkorlikda «Hokim soati» majlislari yuzasidan viloyat hokimini tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, o`zining nomiga aytilgan topshiriqlarni ijrosini so`zsiz ta’minlaydi. Viloyatdagi huquq-tartibot organlaridan tushayotgan tezkor axborot va ma’lumotlar haqida doimiy ravishda hokimga ma’lumot berib boradi, zarur hollarda bu haqda hokimlikdagi mansabdor rahbarlarga bildiradi. Hokimlik ma’sul xodimlari bilan va hokim oldi yig`ilishlarida o`ziga buyurilgan topshiriqlarni bajaradi va zarur hollarda ma’sul shaxslarga bajarish uchun yuklatilgan topshiriqlarni ijrosini nazorat qiladi.

Orqaga Chop Etish  1701 |   08-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

15-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation