Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Rahbariyat /  Hikmatov San'atullo Nusratovich
Hikmatov San'atullo Nusratovich

Viloyat hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari

Tug‘ilgan yili:17.04.1967
Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati, Romitan tumani
Millati: o‘zbek
Ma’lumoti:oliy

MEHNAT FAOLIYaTI

1984-1986 yy. - Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti talabasi
1986-1988 yy. - Harbiy xizmatda
1988-1991 yy. - Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti talabasi
1991-1993 yy. - Romitan tumani “Romitan” davlat xo‘jaligi brigadasi boshlig‘i
1993-1994 yy. - Romitan tumani “Romitan” jamoa xo‘jaligi pillachilik agronomi
1994-1996 yy. - O‘zbekiston yoshlar tashkiloti Romitan tumani qo‘mitasining ikkinchi kotibi, birinchi kotibi
1996-1997 yy. - “Kamolot” jamg‘armasi Buxoro viloyati bo‘limi raisining o‘rinbosari
1997-1998 yy. - “Kamolot” jamg‘armasi Buxoro viloyati bo‘limi ijrochi direktori
1998-2001 yy. - Romitan tumani “Agrokimyota’minot” davlat hissadorlik jamiyati raisi
2001-2002 yy. - Buxoro viloyati “Qishloqxo‘jalikkimyo” davlat aksiyadorlik birlashmasi Romitan tumani filiali mudiri
2002-2003 yy. - Buxoro viloyati "Qishloqxo‘jalikkimyo" davlat aksiyadorlik birlashmasi raisining o‘rinbosari
2003-2004 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi
2004 yy - Buxoro viloyati o‘simliklarni himoya qilish markazi direktori

telefon: 223-55-77, faks: 223-05-95, e-mail:m-umarov@buxoro.uz

Fuqarolarni qabul qilish kuni va soati : har oyning birinchi dushanba, ikkinchi seshanba va uchinchi payshanba kunlari soat 10:00 dan viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

 

 

Quyidagilar viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o’zgartirishni ta’minlash;

dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg’or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko’rish, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar, bo’g’inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish  samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo’jaligi ob’ektlaridan foydalanish ishlarining va sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining  bajarilishini muvofiqlashtirish;

qishloq xo’jaligini, suv xo’jaligini va o’rmon xo’jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish
chora-tadbirlarini ko’rish;

 chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug’lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko’rsatish tarmog’ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni ko’paytirish;

urug’chilik va selektsiya ishlarini rivojlantirish;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o’z yo’nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

Viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi;

irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;

irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stantsiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi;

qurilayotgan korxonalar birlashgan direktsiyalari;

gidrogeologiya meliorativ ekspeditsiyasi;

viloyat suv nazorat inspektsiyasi;

viloyat “Davsuvxo’jaliknazorat” inspektsiyasi;

don mahsulot korxonalari;

viloyat “Mashina traktor parklari birlashmasi” aktsiyadorlik jamiyati;

“O’zagrolizing” viloyat filiali”

“Hududiy paxtasanoat” AJ

“Davurug’nazoratmarkazi” viloyat bo’limi;

viloyat chorvachilikda naslchilik inspektsiyasi;

Davlat o’rmon xo’jaligi viloyat boshqarmasi;

viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi;

“O’zdaverloyiha” viloyat filiali;

viloyat “Pilla” tashkiloti;

viloyat “G’o’za urug’chiligi” birlashmasi

“O’zagrokimyohimoya” AJ hududiy tashkiloti;

O’zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti viloyat filiali;

viloyat fermerlar kengashi;

viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi;

viloyat veterinariya boshqarmasi;

Respublika “Sifat” markazi viloyat bo’limi;

mintaqaviy paxta terminallari;

O’zbekiston qishloq xo’jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining viloyat bo’limi;

viloyat o’simliklar karantini davlat inspektsiyasi;

“O’zdavdoninspektsiyasi” viloyat bo’limi;

viloyat “Davtexnazorat” inspektsiyasi;

viloyatdagi fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi muqobil mashina traktor parklari, suv iste’molchilar uyushmalari, biolaboratoriyalar, omuhta-em, yoqilg’i-moylash va mineral o’g’it shaxobchalari, “Agrotexservis MTP” MCHJ

barcha yo’nalishdagi fermer xo’jaliklari.

Orqaga Chop Etish  2717 |   05-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 26
  • Ko`rib chiqilmagan: 9
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

28-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation