Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Tarkibiy bo`linmalar /  Viloyat hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhi rahbari
Viloyat hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhi rahbari

Latipov Farhod Qurbonovich

200100, Buxoro sh., Ibrohim Mo`minov ko`chasi 1-uy
tel: 224-28-61 e-mail:f-latipov@buxoro.uz

Fuqarolarni qabul qilish kuni va soati : har oyning ikkinchi payshanba va to`rtinchi dushanba kunlari soat 10:00 dan viloyat hokimligi binosi

Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

Tashkiliy nazorat guruhning asosiy vazifalari.


Viloyat hokimligi apparati tashkiliy-nazorat guruhi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

-viloyat hokimligi tasarrufidagi boshqaruv lavozimlariga kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish choralarini ko'rish;

-hududlarda kadrlarga bo'lgan ehtiyoj asosida amaldagi va istiqboldagi kadrlar zahirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich mo'ljallangan lavozimlarga tayyorlab borish, o'qitish, qayta o'qitish va pirovard natijada zamonaviy rahbar tayyorlash tizimini yaratish;

-hududlarda muntazam ravishda kadrlar bilan ishlashning ahvolini tahlil qilish, yosh, iste'dodli, mustaqillik g'oyalariga sodiq bo'lgan vatanparvar, fidoyi kadrlarni topish va ular to'g'risida viloyat hokimiga axborot va takliflar berib borish;

-rahbar kadrlar almashinuvi (rotatsiya) jarayonlarini o'rganib borish va takliflar kiritish;

-ta'lim muassasalari va o'quv yurtlari bilan kadrlarga bo'lgan ehtiyojni qondirish yuzasidan hamkorlikda ish olib borish;

-hududlardagi kadrlar to';g'risidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan yagona komṕyuter ma'lumotlar bankini yaratish va undan samarali foydalanish;

-viloyat hokimligi tasarrufidagi rahbarlik lavozimlari ro'yxati bilan doimiy ravishda ish olib borish, viloyatdagi barcha rahbar kadrlarning hisobini yuritish;

-kadrlarni tanlash, o'rganish, joy-joyiga qo'yish, tayinlash va ozod etish bo'yicha takliflarni viloyat hokimi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi tasdig'iga kiritish bo'yicha takliflarni tayyorlash;

-viloyat boshqaruv tizimidagi rahbar kadrlarning tarkibini tahlil qilib borish va uni yaxshilash yuzasidan viloyat hokimiga amaliy takliflar tayyorlash;

-viloyat tuman va shahar hokimliklari tashkiliy-nazorat guruhlariga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, ularning axborotlarini eshitish, amaliy yordam ko'rsatish;

-shaharcha, qishloq va mahalla fuqarolar yig'inlarida ishlayotgan kadrlar sifat tarkibini o'rganish va yaxshilashga qaratilgan takliflar tayyorlash, ular bilan seminarlar va boshqa turli o'qishlarni tashkil etish, ushbu organlarda o'tkaziladigan saylov yig'ilishlarini tayyorlashga uslubiy yordam berish;

-tuman va shahar hokimliklarida kadrlarni tanlash, tayinlash va joy-joyiga qo'yish, kadrlarning amaldagi va istiqbolli zahirasini yaratish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning holatini o'rganish;

-viloyat hokimligi apparati xodimlarini tanlash bo'yicha viloyat hokimiga takliflar kiritish;

-O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat va viloyat hokimi qarorlari ijrosini kompleks va maqsadli o'rganishni tashkil etish;

-ijro intizomining holati bo'yicha tuman va shahar hokimliklaridan har oyning 2 sanasida elektron shaklda va 5 sanasida imzolangan holda hisobotlarni qabul qilish, har chorak yakuni bilan keyingi oyning 8 sanasida elektron shaklda va 10-sanasida imzolangan holda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlangan shakldagi yozma ma'lumotlarni taqdim etish;

-viloyat hokimining topshiriqlari ijrosini o'rganish va nazoratini tashkil etish;

-tuman va shahar hokimliklari apparatlarining ish uslublarini o'rganish va uni takomillashtirish bo'yicha takliflarni tayyorlash;

-saylovlar to'g'risidagi qonunlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida takliflar tayyorlash, barcha turdagi saylov komissiyalarining mustaqil va oshkora ishlashlari uchun sharoitlar yaratib berishga ko'maklashish;

-xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalari, barcha deputatlar ish faoliyatini tashkil etishda amaliy yordam ko'rsatish;

-xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining viloyat hokimligi apparati bo'linmalari bilan hamkorlikda ishlashini tashkil etish;

-davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan viloyat hokimligining bo'lim va boshqarmalari, hududdagi davlat tashkilotlari, hissadorlik jamiyatlari, jamoat tashkilotlari, tuman, shahar hokimliklarining takliflarini olish, ularni ishchi guruh bilan birgalikda o'rganib chiqib, viloyat hokimiga taklif kiritish;

-O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, Akademiya qoshidagi Oliy biznes maktabiga o'qishga tavsiya etish uchun nomzodlarni tanlash va viloyat hokimi ko'rib chiqishi uchun taqdim etish, ushbu Akademiyani bitiruvchilar hamda chet davlatlar oliy o'quv yurtlarini bitirganlarning keyingi ish faoliyati bo'yicha monitoring ishlarini olib borish;

-ma'muriy-hududiy bo'linish masalalari bo'yicha takliflar va hujjatlarni tayyorlash.

Orqaga Chop Etish  1440 |   07-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 38
  • Ko`rib chiqilmagan: 21
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

28-07-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation