Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Ma`lumotlar /  Ipak va Ziravor
Ipak va Ziravor

26-2826-28 may kunlari XV an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali o’tkaziladi

Viloyat hokimining 2016 yil 21 yanvardagi 24-sonli qaroriga asosan   Buxoro shahrida 2016 yil 26-28 may kunlari XV an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali hamda “Buxoroga xorijiy sarmoyalarni, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion loyihalarni jalb qilish-turizm sohasini rivojlantirish, xizmat ko’rsatish tizimini yangilash hamda xalqaro tan olingan madaniy meros ob’ektlarini saqlab qolishning bosh mezoni sifatida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkaziladi.

2001 yildan boshlab o`tkazilib kelinayotgan “Ipak va ziravorlar” festivalning 2015 yilgi tadbirlarida BMTning Xalqaro turizm tashkiloti vakili, “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi, “Hunarmand” uyushmasi, respublikamiz va chet el sayyohlik firmalari rahbarlari, yurtimiz hamda 10 ga yaqin xorijiy davlatlar hunarmandlari, madaniyat sohasi vakillari, tadbirkorlar va kelgan sayyohlar, 20 dan ortiq davlatlarning O’zbekistondagi elchixonalari diplomatik korpusi xamda 10 dan ortiq xalkaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Oldingi yillarda festival faqat ipak va ziravorlar savdosi va palov sayllaridan iborat bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib milliy o’yinlar, sport musobaqalari va milliy liboslar namoyishi, hunarmandlarning mahorat namoyishlari va turli madaniy tadbirlar bilan kengaytirildi. XIV an’anaviy festivalining yana bir yangiligi tarixiy filmlarimiz namoyishi tashkil qilinishi bo’ldi.

O’ziga xos yubiley sana hisoblangan XV an’anaviy "Ipak va ziravorlar" festivalini ham yuqori saviyada o’tkazish uchun tayyorgarlik ishlari qizg`in kechmoqda.

Festival doirasida hunarmandchilik va sayyohlikni rivojlantirish, Buxoro madaniy merosi va turistik salohiyatini jahonda keng targ’ib etish maqsadida xalq amaliy san’ati ustalari mahsulotlarining yarmarkasini, folklor-etnografik dastalari va boshqa badiiy jamoalar konsertlarini tashkil etish, dizaynerlarimiz ijod etgan liboslar namoyishi, turli ko’rgazmalar va milliy sport o’yinlarini o’tkazish tadbirlari an’anaviy ravishda davom ettiriladi.

O’tgan barcha festivallar doirasida Buxoroda turizmni rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan davra suhbatlari tashkil etilib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu an’ana ham davom ettirilib, 27 may kuni O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Buxoro davlat universiteti, chet el ilmiy muassasalari, "Buxoro merosi" ilmiy-tadqiqot markazi olimlari, "O’zbekturizm" milliy kompaniyasi va mahalliy sayyohlik tashkilotlari mutaxassislari hamda xorijiy va mahalliy investorlar ishtirokida  “Buxoroga xorijiy sarmoyalarni, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion loyihalarni jalb qilish-turizm sohasini rivojlantirish, xizmat ko’rsatish tizimini yangilash hamda xalqaro tan olingan madaniy meros ob’ektlarini saqlab qolishning bosh mezoni sifatida” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o’tkaziladi.

 

Festival hamda unda ishtirok etish haqida batafsil axborot olish uchun kontakt ma’lumotlar:


 

Ism-familiyasi

lavozimi

Bog’lanish manzillari

Norboev Botir Karimovich

Viloyat hokimi o’rinbosari (festival tashkiliy qo’mitasi raisi) kotibiyati mudiri

Tel.: 224-10-07

e-mail: uz_u77@inbox.uz

Mahmudov Sherzod Ro’zimurodovich

“O’zbekturizm” milliy kompaniyasi mintaqaviy bo’limi boshqaruvchisi, tashkiliy qo’mita raisining o’rinbosari

Tel.: 223-33-46

e-mail: bukhara@uzbektourism.uz

veb site: www.uzbektourism.uz

Almeev Robert Valievich

“Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazi rahbari

Tel.: +99890 718-01-15

e-mail: robert_almeev@mail.ru

Bazarova Matluba

Haydarovna

Buxoro viloyati hunarmandchilikni rivojlantirish markazi rahbari

Tel.: 224-34-21

+99890 710-60-03

e-mail: hunarmand_2013@inbox.ru

To’raev Hojiakbar Halimovich

viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig’i

Tel.: 223-03-89

e-mail:uvesit.bukhara@umail.uz

Festival rasmiy sayti

http://silk-and-spices.com/

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  1899 |   08-02-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 21
  • Ko`rib chiqilmagan: 4
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

24-02-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1198

Baholar

A`lo: 203

Yaxshi: 154

Qoniqarli: 215

Qoniqarsiz: 626

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation