Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Harakatlar strategiyasi – taraqqiyot asosi
Harakatlar strategiyasi – taraqqiyot asosi

"Buxoro Grand" mehmonxonasi anjumanlar zalida “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi bajarilishi ustidan keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda OAVning o‘rni” mavzucida seminar-trening o‘tkazildi. 
Viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan seminarda Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining o‘rnini yanada mustahkamlash, jurnalistlarning ushbu masalalarni yoritishga oid bilim va tajribasini oshirish alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. 
Prezidentimiz tashabbusi bilan fuqarolar, davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab xalq bilan muloqot samaradorligini yanada oshirish maqsadida Prezident, davlat boshqaruvi organlarining virtual qabulxonalari, Xalq qabulxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani yechimini kutayotgan muammolarni hal etishda, qabul qilinadigan huquqiy hujjatlarning xalqchilligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning borishini, aholi huquq va manfaatlari ta’minlanishini o‘rganayotgani xalq bilan muloqotning samarali usuli sifatida o‘zini oqlamoqda. Masalan, Buxoro viloyatining Shofirkon va Jondor tumanlarida amalga oshirilgan o‘rganishlar muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda parlament bilan mahalliy Kengashlar deputatlari hamkorligi mustahkamlanayotganini ko‘rsatdi. 
Seminarda jurnalistlarga viloyatda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida amalga oshiriladigan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Dasturga muvofiq, viloyatda qiymati 1,5 trillion so‘mlik 2 ming 216 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu 19 ming ish o‘rni yaratish imkonini beradi. 
Tadbirda Harakatlar strategiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining o‘rni xususida fikr almashildi. Ommaviy axborot vositalarining bu boradagi muhim vazifasi fikrlar xilma-xilligi va fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi asosida axborotdan foydalanish imkoniyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat. Mamlakatimizni siyosiy modernizatsiya qilish jarayonida ommaviy axborot vositalari jamiyat va davlat o‘rtasida muhim ko‘prik vazifasini o‘tamoqda. 
Tadbirda jurnalistlarning ijtimoiy va ijodiy faolligi, huquqiy bilimi, mahorati va malakasini oshirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 

Orqaga Chop Etish  265 |   08-04-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation