Bosh sahifa /  Deputatlar faoliyati /  Deputatlar o’quvi
Deputatlar o’quvi

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng  targ’ib etish, qabul qilinayotgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati o’rnatish orqali mazkur hujjatlarning amalda keng tatbiq qilinishini ta’minlashda xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi siyosiy partiyalar deputatlik guruhlari, doimiy komissiyalar hamda deputatlarning faolligi alohida ahamiyat kasb etadi.

Yaqinda viloyat hokimligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko’maklashuvchi komissiyaga yordam beruvchi xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi ishchi guruhi, Kengashning Reglament va deputatlik odobi doimiy komissiyasi hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hududiy bo’linmasi tomonidan tashkil etilgan “Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda deputatlik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusidagi seminar ham xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining siyosiy va huquqiy savodxonlik darajasini ko’tarish, ularning joylarda ijtimoiy masalalarni echishda samarali ishtirokini ta’minlash bo’yicha deputatlik faoliyatini olib borish malakasini rivojlantirishga bag’ishlandi.

Qorako’l, Vobkent tumanlari hamda Buxoro shahrida mintaqaviy tarzda o’tkazilgan seminarlar ishida viloyatdagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining 400 dan ortiq deputatlari ishtirok etishdi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko’maklashuvchi komissiyaga yordam beruvchi xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi ishchi guruhi raisi T. Bahronov, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hududiy bo’linmasi rahbari J. Boltaev, mazkur bo’linma xodimlari A. Boltaev, A. Davlatov, viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari A. Rustamovlar muhtaram Yurtboshimizning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish  - eng oliy saodatdir” kitobi mazmun-mohiyati, shuningdek, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, deputatlarning Parlament a’zolari, aholi, saylovchilar, ommaviy axborot vositalari bilan  hamkorligi, jamiyat hayotida ular faolligini yanada oshirish uslublari xususida batafsil ma’lumot berishdi.

Seminarda qayd etilishicha, 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni yechish, ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, joylarda qonunlar hamda boshqa davlat qarorlari ijrosi bo’yicha tekshirishlarni tashkil etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi siyosiy partiyalar deputatlik guruhlari, doimiy komissiyalari va deputatlar ishtirokining biroz bo’lsada faollashuvi kuzatilmoqda.

Xususan, mahalliy vakillik organlaridagi partiyalar deputatlik guruhlari yoki doimiy komissiyalari tomonidan takliflar kiritish bo’yicha tashubbuslari oshmoqda.

Mintaqaviy vakillik organlaridagi partiyalar deputatlik birlashmalari joylarda ijtimoiy-siyosiy masalalarni echish, davlat dasturlarini amalga oshirish bo’yicha mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitib borishni tashkil etishda yanada faollik ko’rsatishmoqda.

Shu bilan birga, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlaridagi siyosiy partiyalar deputatlik guruhlari, doimiy komissiyalari va deputatlari faoliyatida ma’lum bir kamchiliklar ham ko’zga tashlanmoqda.       

Jumladan, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlaridagi ko’pgina tashabbuslar, takliflar keng darajada o’rganilmagan, chuqur tahlil etilmagan tarzda o’rtaga tashlanmoqda, tabiiyki xalq deputatlari mahalliy kengashlari sessiyalarida va doimiy komissiyalarida ushbu masalalar faqatgina rasmiyatchilik uchungina muhokama etilayotganligi ham kuzatilmoqda.

Ushbu maqsadlarda deputatlik nazorati vositalari, jumladan, deputatlik so’rovi o’z o’rnida sifatli va yetarlicha ishlatilmayapti. Ko’p hollarda deputatlar, bu huquqni joylarda qonunlar va boshqa davlat qarorlari ijrosi ustidan nazorat qilish uchun emas, balki ularga murojaat qilgan saylovchilarning shaxsiy muammolarini yechish maqsadida ishlatmoqda.

Seminarda ushbu muammolarni bartaraf etish, qonunlar targ’ibotini izchil amalga oshirish,  mahalliy Kengashlari ish samaradorligini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  1173 |   09-11-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation