Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Tayyorgarlik nihoyasiga yetdi
Tayyorgarlik nihoyasiga yetdi

Viloyatimizning barcha hududlarida bo’lgani kabi Vobkent tumanidagi 31 ta saylov uchastkasida ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ochiqlik, tenglik va adolat tamoyillari asosida o’tkazish uchun puxta hozirlik ko’rildi. Ularning barchasi 4 dekabr kuni bo’lib o’tadigan mazkur siyosiy tadbirga tayyor. Aytish joizki, shu kuni tuman aholisining 91185 nafari konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, o’zi ishonch bildirgan nomzodga ovoz beradi. Saylovchilarning 4769 nafari birinchi marta ovoz beruvchi yoshlardir.

Aytish joizki, hududdagi saylov uchastkalarida "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida"gi Qonun hamda Markaziy saylov komissiyasining asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq, ushbu muhim siyosiy tadbirning har tomonlama puxta va yuqori saviyada o’tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Uchastkalar davlat ramzlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, ovoz berish kabinalari va zarur adabiyotlar bilan ta’minlandi. Nomzodlarning tarjimai holi, saylovoldi dasturlari, saylov qonunchiligiga oid ma’lumotlar, saylovchilar ro’yxati va ularning huquq-majburiyatlari to’g’risidagi targ’ibot vositalari osib qo’yildi. Tibbiyot, ona va bola xonalari jihozlandi.

Xususan, Vobkent qurilish va transport kasb-hunar kolleji binosida joylashgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi 153-saylov uchastkasi ham barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Mazkur uchastka tarkibiga "Charmgaron", "Shifokor", "Rabotoxun" mahalla fuqarolar yig’inlari kiradi. Uchastka saylov komissiyasi tarkibi el-yurt orasida hurmat-e’tibor qozongan, milliy saylov qonunchiligidan yaxshi xabardor 11 nafar a’zodan iborat.

—Saylov kuni hududdagi 2798 nafar fuqaro bu erda o’z xohish-irodasini emin-erkin ifoda etadi,—deydi saylov uchastkasi raisi Oybek Rahmonov.—Ularning 1164 nafarini xotin-qizlar, 128 nafarini birinchi marta ovoz beruvchi yoshlar, 2 nafarini ko’zi ojizlar va 18 nafarini imkoniyati cheklanganlar tashkil etadi. Komissiya a’zolari o’rtasida vazifalar taqsimlanib, navbatchilik yo’lga qo’yilgan.

Hudud aholisi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida saylov qonunchiligi yuzasidan targ’ibot ishlariga alohida e’tibor kuchaytirildi. Mazkur kollejda shu kunga qadar 70 dan ortiq targ’ibot tadbirlari o’tkazildi.. Bularning barchasi saylovning demokratik tamoyillar asosida, ochiq-oshkora tarzda o’tishini ta’minlashga xizmat qilishi, shubhasiz.

Orqaga Chop Etish  494 |   23-11-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation