Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  “O’zbekiston – umumiy uyimiz”
“O’zbekiston – umumiy uyimiz”

Buxoroda Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi hamda Sog’lom ona va bola yiliga bag’ishlangan "O’zbekiston — umumiy uyimiz" respublika VI do’stlik va madaniyat festivali bo’lib o’tdi.

Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamiyatimizdagi mehr-oqibat, fuqarolar va millatlararo totuvlik, hamjihatlik muhitini ko’z qorachig’idek asrab-avaylashga davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida doimiy e’tibor qaratilmoqda. An’anaviy ravishda tashkil etilayotgan mazkur festivalda bu jihatlar yana bir bor o’z isbotini topdi. O’zbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniyat markazi, viloyat hokimligi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda viloyatdagi milliy-madaniy markazlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so’z olgan respublika Baynalmilal madaniyat markazi direktori Nasriddin Muhammadiev, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi rahbari Isfandiyor Latipov, Ma’naviyat targ’ibot markazi bo’lim mudiri Ziyoda G’afforova, "Oila" ilmiy-amaliy markazi ilmiy xodimi Feruza Akramova, "Kamolot" YoIH Markaziy kengashi bo’lim mudiri Mansurbek Masharipov, Toshkent davlat texnika universiteti professori Baxtiyor Karimov va boshqalar mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, yurtimizda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Bugungi kunda viloyatimizda turli millat va elat vakillari teng huquqlilik va o’zaro hamjihatlik sharoitida ahil-inoq yashab kelmoqdalar. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ta’lim olishlari, qiziqish va layoqatlari bo’yicha kasb-hunar egallashlari, o’ziga xos madaniyati, dini, urf-odatlari va an’analarini saqlash hamda rivojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan. Bunday e’tibor natijasida ko’p millatli xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi qayta tiklandi, qadr topdi. Barcha millat vakillarining davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy jarayonlarda erkin ishtirok etishi kafolatlandi. Bundan tashqari, respublikamiz umumta’lim maktablarida ta’limni etti tilda olib borish yo’lga qo’yilgani, ko’p sonli millatlar tilida gazeta-jurnallar chop etilayotgani, radio va teledasturlar efirga uzatilayotgani alohida e’tiborga loyiq. Viloyatimizning o’zida ta’lim 21 ta maktabda rus tilida, 11 ta maktabda qozoq tilida, 2 ta maktabda tojik tilida olib borilmoqda.

Viloyatimizda faoliyat ko’rsatib kelayotgan rus, tatar-boshqird, qozoq, koreys, polyak, turkman, fors-tojik, ozarbayjon, turk, yahudiylar, nemis milliy madaniy markazlari jamiyatimizdagi tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, milliy va umumbashariy an’analarni ravnaq toptirish, ularning mazmun-mohiyatini keng targ’ib qilishga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

— Jonajon yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlar vakillari uchun O’zbekiston yagona Vatandir, — deydi viloyat koreys milliy-madaniy markazi faoli Elena Pak. — Barcha millat vakillariga o’z tili, madaniyati, urf-odatlarini asrab-avaylashi, rivojlantirishi va kelgusi avlodlarga meros qoldirishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Bunday imkoniyatlardan koreys millati vakillari ham to’la bahramand bo’lmoqda. Keyingi yillarda an’anaviy tarzda o’tkazilayotgan mazkur festival yurtimizda yashayotgan ko’p millatli aholi o’rtasidagi do’stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbirlar doirasida Buxoro san’at kollejida "O’zbekiston—umumiy uyimiz" shiori ostida do’stlik va madaniyat festivalining viloyat bosqichi, Buxoro shahar hokimligida tibbiyot instituti talabalari hamda professor-o’qituvchilari ishtirokida "Milliy va diniy bag’rikenglik — barqarorlik omili" mavzusidagi davra suhbati, viloyat musiqali drama teatrida "Sog’lom ona, sog’lom bola — millat baxti" nomli ko’rgazma, "Sog’lom avlod tarbiyasida millatlararo totuvlikning o’rni" mavzusida ilmiy-amaliy seminar hamda "O’zbekiston — umumiy uyimiz" shiori ostida do’stlik va madaniyat festivali g’oliblarini taqdirlash marosimi o’tkazildi. Shuningdek, festival doirasida Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya institutlari talabalari bilan "Milliy va diniy bag’rikenglik — barqarorlik omili" mavzusida davra suhbatlari o’tkazildi. Festival doirasida bunday davra suhbatlari chekka Qorako’l tumanida va turli millat vakillari gavjum yashab kelayotgan Kogon shahrida ham bo’lib o’tdi.

Festival doirasidagi tadbirlarda mavzuga oid filmlar ko’rsatildi, milliy-madaniy markazlarning faoliyatiga doir ko’rgazmalar ham namoyish etildi. Festivalning viloyat bosqichida "Mashhur xalq qo’shiqlarining yorqin ijrochisi", "Vatan haqidagi qo’shiqni eng yaxshi ijro etgan xor jamoasi", "Xalq qo’shiqlarining eng yaxshi zamonaviy ijrochisi", "Milliy an’ana va zamonaviy uslubni uyg’unlashtirgan eng yaxshi ijro", "Eng yaxshi ommaviy xalq ashula va raqs ijrochisi", "Eng yaxshi yosh iste’dod sohibi" kabi 11 ta nominatsiya bo’yicha g’olib va sovrindorlikni qo’lga kiritgan viloyatdagi milliy-madaniy markazlar badiiy havaskorlik jamoalari hamda san’atkorlar ijrosidagi gala-kontsert namoyish etildi.

Orqaga Chop Etish  540 |   03-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 38
  • Ko`rib chiqilmagan: 21
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

29-07-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation