Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Xalq deputatlari Shofirkon va Jondor tumanlari Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari o’tkazildi
Xalq deputatlari Shofirkon va Jondor tumanlari Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari o’tkazildi

2017 yil 25 mart kuni xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyada viloyat hokimi, O’. Barnoev so’zga chiqib, Shofirkon tumanida so’nggi yillarda amalga oshirilgan qurilish, bunyodkorlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, ta’lim va boshqa sohalarda olib borilgan ishlarni tanqidiy tahlil etdi.

Shuningdek viloyat hokimi hududda paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi oziq-ovqat mahsulotlotlarini eksportga yo’naltirish, irrigatsiya-melioratsiya ishlari sifatini oshirish,  ichki yo’llarni ta’mirlash, arzon uylar, ijtimoiy ob’ektlar qurilishi borasida qator amaliy takliflarni bildirdi. Viloyat mutasaddi idora va tashkilotlari rahbarlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko’rildi. O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo’mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig’i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Furqat Hasanovich Tursunov tuman hokimi etib saylandi.

***

Shu kuni xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimi O’. Barnoev ishtirok etgan ushbu yig’ilishda o’z arizasiga ko’ra vazifasidan ozod etilgan Q. Salomov o’rniga Sirdaryo viloyati “Paxtasanoat hududiy filiali” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori sifatida faoliyat yuritayotgan Tolibov Baraka  Sattorovich tuman hokimi etib saylandi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  1039 |   26-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

18-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation