Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Asosiy Qonunimiz — ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar bosh mavzui
Asosiy Qonunimiz — ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar bosh mavzui

Respublika Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 oktyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligi munosabati bilan aholi o’rtasida keng targ’ibot-tashviqot ishlarini hamda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarni o’tkazish to’g’risida"gi majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida poytaxtlik bir guruh huquqshunos olimlar, jamoatchilik vakillari, san’atkorlar va adiblar viloyatimizga tashrif buyurdilar. Ular mahalliy hamkasblari bilan guruhlarga bo’linib, viloyat hokimligi apparati yetakchi mutaxassisi Feruz Abdullaev boshchiligida Buxoro davlat universiteti, muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi 1-akademik litsey, Shofirkon, Jondor va Qorako’l tumanlaridagi qishloq va mahalla fuqarolar yig’inlari, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarida aholi vakillari hamda yoshlar bilan uchrashdilar.

—O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovdan xalqimizga va ajdodlarga nihoyatda ulkan madaniy, ma’naviy, ilmiy va huquqiy meros qoldi,—dedi Toshkent viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti professori, filologiya fanlari nomzodi Sultonmurod Olimov.—Ularning eng ulug’laridan biri—Yo’lboshchimizning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir.

Respublika Mudofaa vazirligi harbiy qurilish boshqarmasi yuridik bo’limi boshlig’i, yuridik fanlari nomzodi Xolmurod Isanov, moliya instituti dotsenti Farida Hamidovalar esa uchrashuv ishtirokchilari diqqat-e’tiborini Konstitutsiyamiz bugungi kunda yurtimizda mustaqil suveren demokratik davlat barpo etish, ko’p ukladli bozor iqtisodiyoti tarkibida xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlash va uning himoyasini kafolatlash, shuningdek, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy huquqiy va qonunchilik poydevoriga aylangani masalalariga qaratdilar.

Toshkent pediatriya instituti dotsenti Zuhra Jo’raeva, respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi bo’lim boshlig’i Ziyoda G’afforova, "Sharq ziyosi" gazetasi bosh muharriri G’ayrat Shirinovlar esa o’z chiqishlarida sog’liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalarini rivojlantirish, keksa avlod vakillari, xotin-qizlar, yoshlarga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, "Sog’lom ona va bola yili" Davlat dasturini ro’yobga chiqarish yo’lidagi ulkan ishlar haqida batafsil to’xtaldilar.

—O’zim shofirkonlik bo’lganim uchun bayramlar arafasida poytaxtdan Buxoroga boradigan targ’ibot-tashviqot guruhlari tarkibiga darrov qo’shilaman,—deydi "Vaziyat" respublika gazetasi bosh muharriri, shoir Dilshod Rajab.—Har gal viloyatga kelganimda bu erda qisqa davr mobaynida amalga oshirilgan yangi bunyodkorliklarni, yuz bergan quvonchli o’zgarishlarni ko’rib, behad shod bo’laman.

Azaldan adabiyot va san’atni dildan sevgan yurtdoshlarimiz davlatimizning Asosiy Qonuni qabul qilingan kunning 24 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan uchrashuvlarda O’zbekiston xalq artisti Tesha Mo’minov, respublikada xizmat ko’rsatgan artist Egamberdi Rahimov, O’zbekiston davlat drama teatri aktyori Ravshan Boliqulovlarni, shuningdek, buxorolik san’atkorlar—O’zbekiston xalq artisti Shamsiddin Yo’lliev, respublikada xizmat ko’rsatgan artist Saodat G’ulomovalarni olqishlar bilan kutib oldilar. Ularning mamlakatimiz Konstitutsiyasi sharofati bilan o’zbek san’ati taraqqiy etgani, shuningdek, o’z ijodiy yo’llari haqidagi hikoyalari, spektakllardan ijro qilgan monologlari, kuylagan qo’shiqlari uchrashuvlarga o’zgacha zavq-shavq bag’ishladi.

Men buxorolik shoirlar bilan bu davralarda buyuk Vatanimizni, uning mehnatsevar xalqini, istiqlolni sharaflovchi she’rlarimizni o’qib, adabiyot muxlislarini xursand etdik.

Bir necha kun davom etgan mazkur targ’ibot-tashviqot tadbirlari va ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar aholiga, xususan yoshlarga O’zbekiston Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati, uning ahamiyatini yanada kengroq tushuntirish barobarida, bahs-munozaralar ruhida o’tgan muloqotlar, dilkash suhbatlar biz, ijodkorlarni yangi asarlarni yaratishga ham ilhomlantirdi.

Orqaga Chop Etish  361 |   03-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 23
  • Ko`rib chiqilmagan: 6
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

25-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat соат 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation