Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda
Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Avval xabar qilinganidek, viloyat hokimi O’.Barnoevning joylarda ishbilarmonlar, tadbirkorlikka havasmand, o’z biznesini boshlash istagida yurgan fuqarolar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Soha rivojida uchrayotgan ayrim byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, aholiga tadbirkorlik shartlari, afzalliklari va imtiyozlarini tushuntirish, tadbirkorlarga bino va er ajratish, bank krediti yo’naltirish va boshqa muammolarini hal etish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvlar Buxoro shahri, G’ijduvon, Buxoro, Olot va Qorako’l tumanlarida o’tkazildi.

— G’ovshun qishlog’ida istiqomat qilaman, — deydi uchrashuvda ishtirok etgan g’ijduvonlik tadbirkor Feruza Obloeva. — Xorijdan 10 ta tikuv mashinasi ham keltirgan edim. Ayni paytda xonadonimiz ushbu dastgohlarga torlik qilib qoldi. Shu bois, viloyat hokimidan tikuv sexi qurish uchun yer ajratishni so’rab murojaat qildim. Shuningdek, ushbu joyda ikki qavatli maishiy xizmat uyi qurishni rejalashtirganman.

Obod mahallasida yashovchi Temurmalik Ubaydulloev esa mebel ishlab chiqarish uchun bo’sh turgan bino so’rab murojaat qildi. G’ijduvon tumani hunarmandchilik salohiyati, ushbu soha orqali hududda ko’plab ish o’rinlari yaratilgani, kelgusida istiqboli borligi uchun viloyat hokimi tomonidan alohida "Hunarmandchilik markazi"ni tashkil etish uchun joy ajratish to’g’risida topshiriq berildi.

— Viloyat hokimining Buxoro shahri tadbirkorlari bilan uchrashuvlarida bolalar poyabzali ishlab chiqarish maqsadida bo’sh binoni "nol" qiymatda ajratish bo’yicha murojaat qildim, — deydi "Erkatoy bolajon" xususiy korxonasi rahbari Fotima Ziyodullaeva. — Nasib etsa, bu orqali korxonada yana o’n nafar kishini ish bilan ta’minlaymiz.

Buxoro tumanida kechgan uchrashuvlarda esa aksariyat tadbirkorlar issiqxona, yangi intensiv bog’, uzumzorlar tashkil etish, sabzavot ekish uchun yer ajratishni so’rab murojaat qilishdi. Shuni qayd etish joizki, bu boradagi faoliyatni yurita olishga qodir, kafolati tayin dehqonlarning murojaati qondiriladi. Negaki, 2017 yildan Buxoro tumani hududidan 3 ming 800 gektardan oshiq maydonda meva-sabzavot yetishtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, viloyat hokimining tadbirkorlar bilan uchrashuvi Olot va Qorako’l tumanlarida ham o’tkazildi.

Umuman ushbu uchrashuvlar davomida tadbirkorlar tomonidan yer va bino ajratish, elektr va tabiiy gaz ta’minoti, kredit rasmiylashtirish va boshqa masalalarda besh yuzga yaqin murojaat va savollar kelib tushdi. Ushbu so’rovlar amaldagi qonunchilik talablari doirasida qondiriladi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati.

Orqaga Chop Etish  443 |   28-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation