Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Qonunchilik hujjatlari targ’ibotiga bag’ishlandi
Qonunchilik hujjatlari targ’ibotiga bag’ishlandi

Viloyat hokimligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va xalq deputatlari viloyat Kengashi bilan hamkorlikda Prezident Islom Karimovning mamlakatimiz Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi hamda respublika Oliy Majlisi Senatining 3-4 dekabrda bo’lib o’tgan yalpi majlisida ma’qullangan qonunlar va muhokama etilgan boshqa masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish bo’yicha selektor yig’ilishi tarzidagi seminar tashkil etildi.

Tadbirni xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi M.Esanov olib bordi.

Seminarda kun tartibidagi masala yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi raisi F. Dadaxo’jaev so’zga chiqdi.

Uning ta’kidlashicha, Prezidentimiz o’z ma’ruzasida Konstitutsiyamizning eng muhim prinsiplaridan biri, "o’zbek modeli" deb nom olgan yangi jamiyat barpo etishning 5 prinsipidan biri bo’lmish qonun ustuvorligi va qonunchilikka rioya qilish prinsipi hayotimizda qanday o’rin tutayotganiga mufassal to’xtaldi. 2016 yilga Sog’lom ona va bola yili, deb nom berildi, shu munosabat bilan Davlat dasturini ishlab chiqishda yurtimizda oila, onalik va bolalikni himoya qilish bo’yicha shakllangan huquqiy-me’yoriy bazani takomillashtirish masalasi e’tibor markazida turmog’i lozimligi qayd etildi.

Notiq shundan so’ng Senatning to’rtinchi yalpi majlisida 15 ta masala ko’rilgani, jumladan, 7 ta qonun muhokama etilgani to’g’risida batafsil so’z yuritdi.

Mamlakaktimizda insonparvarlik tamoyili hamisha ustuvor hisoblanadi. Bu Senat tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan amnistiya akti to’g’risidagi qaror qabul qilinganida ham namoyon bo’ldi.

Yalpi majlisda O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat budjeti ko’rib chiqildi. Selektorda mazkur budjetnoma mamlakatimizning makroiqtisodiy barqarorligini va YaIM o’sishining yuqori sur’atlarini ta’minlashga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning jahon bozoridagi yuksak raqobatbardoshligini shakllantirishga, aholi farovonligini, turmush darajasi va sifatini tinimsiz oshirishni davom ettirishga qaratilgani ta’kidlandi.

Yalpi majlisda "Coliq va byudjet siyosatining 2016 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullandi.

Senat majlisida 2016 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi, "Elektron hukumat to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, yangi tahrirda tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va "Veterinariya to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Notiq ushbu hujjatlar hamda o’zgartish va qo’shimchalar kiritilgan "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati xususida keng ma’lumotlar berdi.

Tadbirda Senat yalpi majlisida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar to’g’risidagi hisoboti haqidagi masala ham muhokama etilganiga e’tibor qaratildi.

Selektorda kun tartibidagi masalalar yuzasidan viloyat prokurori M.Azimov, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi A.Bozorov, viloyat bojxona boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi M. Qilichev, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari. I.Abdulxaqov, viloyat veterinariya boshqarmasi boshlig’i O.Jo’raevlar so’zga chiqdilar.

Orqaga Chop Etish  932 |   17-12-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 80
  • Ko`rib chiqilmagan: 41
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

24-03-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation