Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Yigitlar muddatli harbiy xizmatga kuzatildi
Yigitlar muddatli harbiy xizmatga kuzatildi

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2016 yil 21 dekabrda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o’tab bo’lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo’shatish to’g’risida"gi qarori ijrosi doirasida viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi yig’in punktida harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarni tantanali kuzatish marosimi bo’ldi.

Tadbirda viloyat hokimligi, mudofaa ishlari boshqarmasi, nodavlat tashkilotlari, jamoatchilik vakillari, ota-onalar, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Marosimda viloyat hokimi O’ktam Barnoev va boshqalar so’zga chiqdilar. Ta’kidlandiki, mustaqillik yillarida milliy armiyamiz mustahkamlandi, u yoshlar uchun haqiqiy vatanparvarlik va jasorat maktabiga aylandi. Prezidentimiz, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo’mondoni Shavkat Mirziyoev rahnamoligida milliy armiyamiz nufuzini yanada oshirishga katta e’tibor qaratilayotir.

Muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan yigitlarning bilim olishi, hayotda o’z o’rinlarini topishiga doimiy g’amxo’rlik qilinmoqda.

Birinchi Prezidentimiz tomonidan 2012 yil 31 mayda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarorga asosan, muddatli harbiy xizmatni o’tagan yigitlarga qism qo’mondonligi tavsiyanomasiga binoan oliy o’quv yurtiga kirishda to’planishi mumkin bo’lgan eng yuqori ballning 27 foizi miqdorida qo’shimcha ball shaklidagi imtiyoz berilishi yoshlar uchun katta imkoniyat bo’ldi.

Marosimda harbiy kiyimda saf tortib turgan yigitlar ularni armiya safiga kuzatgani kelgan ota-onalar, yaqin qarindoshlari bilan muloqot qilishdi.

Harbiylik mamlakatimizda sharafli ish. Bugungi kunda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishni har bir yigit havas etadi. Lekin askarlikka da’vogarlar turli mezonlar asosida saralanib olinadi.

—Men tibbiy ko’rikdan o’tgach, matematika, ona tili va adabiyoti fanlari bo’yicha test sinovidan kerakli ball to’pladim, sport mashqlarida jismoniy tayyorgarligim yaxshi baholandi,—deydi Buxoro shahridan Xurshid Latipov.—Bugun hayotimda unutilmas kun, axir, harbiy xizmatga ketyapman. Onam, egningdagi harbiy kiyiming juda yarashib turibdi, deganlarida quvonib ketdim. Men kelajak hayotimni harbiy ishga bag’ishlashimni aytganimda, oilamdagilar niyating yo’ldoshing bo’lsin, deyishdi.

Harbiy xizmatga otlanayotgan yigitlarga viloyat hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi. Ular uchun dasturxon yozilib, osh tortildi. Duoga qo’l ochilib, tilaklar aytildi:

—Vatan posbonlari—yigitlarimizning yo’li oq bo’lsin, yurtimizga ko’z tegmasin!

Orqaga Chop Etish  314 |   14-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation