Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Okrug saylov komissiyasining majlisi
Okrug saylov komissiyasining majlisi

Joriy yilning 4 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 3-Buxoro saylov okrugi hududida barcha xalqaro saylov standartlari hamda milliy saylov qonunchiligiga to’la muvofiq ravishda o’tkazildi.

Shu munosabat bilan 5 dekabr kuni 3-Buxoro saylov okrugi bo’yicha saylov natijalarini aniqlashga doir okrug saylov komissiyasining yakuniy majlisi bo’lib o’tdi. Unda komissiya a’zolari, mahalliy va xalqaro kuzatuvchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Majlisni okrug saylov komissiyasi raisi M. Daminov boshqardi.

Qayd etilganidek, 3-Buxoro saylov okrugi hududida 503 ta saylov uchastkasi mavjud. Okrug bo’yicha saylovchilarning umumiy soni 1 million 219 ming 943 nafar, saylovchilar ro’yxati ilovasiga kiritilgan saylovchilar soni 1 ming 104 nafardan iborat. Okrug saylov komissiyasi olgan saylov varaqalari soni 13 ming 326 ta, saylov byulletenlari soni 1 million 272 ming 644 tani tashkil etdi. 1 million 63 ming 253 nafar saylovchi ovoz berishda qatnashdi.

Nomzodlarni yoqlab berilgan ovozlarning umumiy soni — 1 million 35 ming 189 ta. Haqiqiy emas deb topilgan saylov varaqalari va saylov byulletenlari 28 ming 64 tani tashkil etdi.

Natijalarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovga 24 564 nafar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoevga 938 ming 125 nafar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonovga 39 ming 520 nafar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarovga 32 ming 980 nafar saylovchi yoqlab ovoz bergan.

Majlisda ko’rib chiqilgan masala bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasining qarori qabul qilindi.

 

5.12.1016

 

Orqaga Chop Etish  601 |   08-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 40
  • Ko`rib chiqilmagan: 23
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

20-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation