Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Viloyat hokimlik soati yig’ilishi
Viloyat hokimlik soati yig’ilishi

Joriy yilning 13 mart kuni viloyat hokimlik soati yig’ilishi bo’lib o’tdi. Uni viloyat hokimi O’.Barnoev boshqarib bordi.

Yig’ilishda viloyat hokimi o’rinbosarlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, shahar, tumanlar hokimlari, ularning o’rinbosarlari, korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari, huquq-tartibot idoralari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.

Dastlab yig’ilish ishtirokchilari viloyat kadrlar tarkibidagi o’zgarishlar bilan tanishtirildi. Safarov Amrillo Kamolovich — viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i,  Sa’dullaev Sanjar Yahyoevich — “Sifat” laboratoriyasi boshlig’i, Mahkamov Baxtiyor Rustamjonovich – Buxoro neftni qayta ishlash zavodi direktori, Xudoyshukurov Elyor Tolib o’g’li – “Buxoroneftbaza” unitar korxonasi direktori, Umarov Murtazo Murodjonovich — viloyat Fermerlar kengashi raisi lavozimiga tayinlangan.

Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli tanqidiy tahlil etildi.

Mamlakatimiz Prezidenti muhtaram Sh. M. Mirziyoevning joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida viloyatimizga tashriflari jarayonida hududda sanoat, kichik biznes, turizm, qishloq xo’jaligi, transport va boshqa sohalarni rivojlantirishga oid qator tavsiyalarni berdilar.

- Prezidentimiz topshiriqlari asosida jami 3 trillion so’mdan ortiq qiymatdagi 4,5 mingta loyiha amalga oshirilishi belgilanganligi, ularning 1 trillion 32 milliard so’mligi joriy yilning o’zida amalga oshirilishi davlatimiz rahbariyatining biz buxoroliklarga bo’lgan e’tiborining yaqqol namunasidir, - dedi viloyat hokimi o’z so’zida. -Albatta, ushbu loyihalarning amalga oshirilishi, aholi bandligini ta’minlash, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, qurilish va obodonchilik ishlarini yangi sifat bosqichiga ko’tarish, bir so’z bilan aytganda aholi farovonligini ta’minlash va inson manfaatlarini ulug’lashga xizmat qiladi.

Viloyat hokimi davlatimiz rahbari tashrifi davomida ilgari surilgan loyihalar, ayniqsa, tekstil sanoati, tomorqachilikni rivojlantirish, Buxoro shahri qiyofasini yangilash, shahar va tumanlarda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, sog’likni saqlash, sport ob’ektlarini bunyod etish, etti pir ziyoratgohlari infratuzilmasini yaxshilash singari vazifalarni amalga oshirish mexanizmi, uning ijrosi ustidan kunlik monitoring tizimi joriy etish xususida to’xtalib, bu borada mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va tegishli shahar va tumanlar hokimlariga topshiriqlar berdi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  161 |   13-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation