Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Sarvar Otamuratovning Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi
Sarvar Otamuratovning Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 10-noyabr kuni Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. 

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi xalq deputatlari Shofirkon tumani kengashidagi deputatlik guruhi rahbari E.Hasanov ochdi. Nomzodning ishonchli vakili S.Hamroyev yig‘ilganlarni Sarvar Otamuratovning tarjimai holi bilan tanishtirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi. 

Caylovoldi dasturida ma’naviy-ma’rifiy sohaga alohida e’tibor qaratgan, o‘zligini anglagan, qadriyat va an’analarini e’zozlagan, tarixiy xotirasini asragan xalq iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar taraqqiyotga yuz tutishi ta’kidlangan. Madaniy meros obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, hisobga olish ishlarini takomillashtirish, muzey, arxiv, kutubxona va boshqa joylarda saqlanayotgan, madaniy meros obyekti belgilariga ega bo‘lgan eksponatlar, kolleksiya va arxiv hujjatlarini to‘liq toifalashtirish, bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgan. 

O‘zbekiston zamini, jumladan, Buxoro ko‘p asrlik tarix va nodir madaniy-tarixiy merosga ega. Bularning barchasi mamlakatimizda turizm industriyasini yanada rivojlantirish va yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish imkonini beradi. Turizm iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning muhim omili sifatida iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yechimiga, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy faoliyatning o‘zaro bog‘liq qator tarmoqlari infratuzilmaning rivojlanishiga turtki bo‘lib, yanada ommaviylashadi. Sayyohlik infratuzilmasini keng rivojlantirish, sayyohlar uchun mo‘ljallangan obyektlarning har tomonlama maqbul bo‘lishi, transport va mehmonxona xizmatlari, sayyohlik logistikasini takomillashtirish, sayyohlik industriyasi bilan bog‘liq xizmatlarning turli sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilishiga erishish lozim. 

Dasturda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini yanada keng joriy etish, sportning barcha turlari, ayniqsa, Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan va milliy turlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bolalar sportini rivojlantirish, erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish borasida aniq va ta’sirchan choralar ko‘rish, bu boradagi targ‘ibot-tushuntirish ishlari, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, oila va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha ham bir qator vazifalar ilgari surilgan. 

Uchrashuvda Buxoro davlat universiteti rektori A.To‘laganov, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy bo‘limi boshqaruvchisi o‘rinbosari B.Idiyev, Madaniyat va sport ishlari vazirligiga qarashli madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi Buxoro va Navoiy viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo davlat inspeksiyasi boshlig‘i A.Muhamedov, viloyat teleradiokompaniyasi televideniye guruhi muharriri U.Rahmonova nomzodning dasturi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayoni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tayotgani mamlakatimizda demokratik islohotlar hayotga izchil tatbiq etilayotgani ifodasi ekanini ta’kidladi.Saylovchilarni 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 

                                                           O‘zA 
Orqaga Chop Etish  509 |   13-11-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation