Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Davlat mukofotlari topshirildi
Davlat mukofotlari topshirildi

Bu aziz va muqaddas Vatanda bajarilgan har bir ezgu amal, uning taraqqiyoti yo’lidagi fidokorona mehnat albatta e’tiborsiz va e’tirofsiz qolmaydi. Inson manfaatlari doimo ulug’langan mamlakatimizda Vatanimizning ijtimoiy-iqtisodiy qudratini mustahkamlash, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va ma’naviyatni yuksaltirish, el farovonligi, tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga o’zining munosib hissasini qo’shgan mehnat ahlining ilg’or vakillarini Mustaqillik bayrami hamda O’qituvchilar va murabbiylar kuni arafasida Prezidentimiz Islom Karimov Farmonlariga muvofiq faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlash, aynan Konstitutsiya bayrami arafasida esa ularga ushbu mukofotlarni tantanali ravishda topshirish o’ziga xos an’anaga aylangan.

Viloyat hokimligida o’zining tashabbuskorligi, yurt rivojidagi beqiyos xizmati uchun munosib taqdirlangan bir guruh viloyatimiz vakillariga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, viloyat hokimligi apparati mas’ul xodimlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.

Marosimni kirish so’zi bilan ochgan viloyat hokimi, respublika Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanov barchani arafada turgan qutlug’ sana — O’zbekiston Konstitutsiyasining 23 yilligi bilan qizg’in muborakbod etdi.

—Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, muhtaram Yurtboshimizning bevosita rahnamoliklarida Vatanimizning barcha go’shalarida bo’lgani singari viloyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham yuqori ko’rsatkichlarga erishildi,—dedi viloyat rahbari o’z tabrik so’zida.—Bu yutuqlarda siz, bugun davlat mukofotlariga sazovor bo’lganlarning ulkan hissalaringiz bor. Mehnatingizning Prezidentimiz tomonidan yuqori baholanishi yoshlarga o’rnak, sizlarga esa yanada yuqoriroq cho’qqilarga intilish, yuksakroq marralarni zabt etishingizda muhim omil bo’ladi.

Shundan so’ng u marosimda to’plangan yuksak mukofot sohiblarini qutlab, ularning jonajon mamlakatimiz shuhrati va qudratini oshirish, xalq farovonligini yanada yuksaltirish yo’lidagi olijanob ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbirda ishtirok etgan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari G’. Ibragimov marosim ishtirokchilarini, ular timsolida butun viloyat ahlini Asosiy Qonunimiz qabul qilingan kunning 23 yilligi bilan tabriklab, mamlakatimizda ro’y berayotgan ulkan o’zgarishlarning — demokratik huquqiy davlat barpo etish, adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lida erishayotgan barcha yutuqlarimizning tub mohiyati Konstitutsiyamizda mustahkamlangan huquq va imkoniyatlarni, asosiy tamoyillarni hayotga tatbiq etish bilan bog’liq ekanini ta’kidladi. Shundan so’ng u viloyatimiz ishlab chiqarish ilg’orlari, tadbirkorlari, ta’lim-tarbiya ustalari, o’zini o’zi boshqarish idoralari vakillariga Prezident nomidan davlat mukofotlarini topshirdi.

—Hayajonimning cheki yo’q,—deydi "Shuhrat" medali sohibasi, Jondor tumanidagi "Jondor chashmasi" korxonasi rahbari Mamlakat Tosheva.—Avvalo kamtarin mehnatlarimizni yuqori baholab, ana shunday yuksak davlat mukofotiga loyiq ko’rganlari uchun Yurtboshimizga o’z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Ushbu mukofot faqatgina rag’bat emas, balki cheksiz mas’uliyat hamdir. U bizning Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, ma’naviy yuksalish yo’lidagi faoliyatimizni yanada g’ayrat-shijoat bilan davom ettirishga undaydi.

Shu kuni marosimda hozir bo’lgan barcha mukofotlanganlar yuz-ko’zida ana shunday samimiy tilaklar zohir edi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati.

Orqaga Chop Etish  884 |   02-12-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

20-07-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation