Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  E`lonlar /  26-28 may kunlari XV an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali o’tkaziladi
26-28 may kunlari XV an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali o’tkaziladi

 

Viloyat hokimining 2016 yil 21 yanvardagi 24-sonli qaroriga asosan "O’zbekturizm" milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy bo’limi, "Hunarmand" uyushmasi viloyat boshqarmasi va "Buxoro merosi" ilmiy-tadqiqot markazining Buxoro shahrida 2016 yil 26-28 may kunlari
XV an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivalini hamda “Buxoroga xorijiy sarmoyalarni, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion loyihalarni jalb qilish-turizm sohasini rivojlantirish, xizmat ko’rsatish tizimini yangilash hamda xalqaro tan olingan madaniy meros ob’ektlarini saqlab qolishning bosh mezoni sifatida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyani o’tkazish
to’g’risidagi takliflari ma’qullanib, ushbu tadbirlarni yuqori saviyada, xalqaro talablarga javob beradigan darajada tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Ushbu festival tashkiliy qo’mitasi raisi o’rinbosari, "O’zbekturizm" milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy bo’limi boshqaruvchisi Sherzod Mahmudov bilan suhbat mazkur festivalning Buxoro viloyatining turistik salohiyatini, milliy va mahalliy hunarmandchilik hamda milliy an’ana va qadriyatlarni keng targ’ib qilish, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini yanada ko’paytirish, chet ellik hunarmandlar bilan o’zaro aloqalarni rivojlantirish hamda festivalni o’tkazishga tayyorgarlikning borishiga bag’ishlandi.

- “Ipak va ziravorlar” festivali dastlab 2001 yilda "O’zbekturizm" milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy bo’limi hamda bir guruh hunarmandlar va turistik firmalar rahbarlari tashabbusi bilan tashkil etilgan edi, - deya gap boshladi Sherzod Ro’zimurodovich. - Ushbu tadbirga 2015 yilga qadar respublikamizning barcha viloyatlaridan turistik tashkilotlar, hunarmandlar, xorijiy va mahalliy sayyohlar qatnashgan bo’lsa, 2015 yilda o’tkazilgan “Ipak va ziravorlar” festivalida BMTning Xalqaro turizm tashkiloti vakili, “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi, “Hunarmand” uyushmasi, respublikamiz va chet el sayyohlik firmalari rahbarlari, yurtimiz hamda 10 ga yaqin xorijiy davlatlar hunarmandlari, madaniyat sohasi vakillari, tadbirkorlar va kelgan sayyohlar, 20 dan ortiq davlatlarning O’zbekistondagi elchixonalari diplomatik korpusi xamda 10 dan ortiq xalkaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Oldingi yillarda festival faqat ipak va ziravorlar savdosi va palov sayllaridan iborat bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib milliy o’yinlar, sport musobaqalari va milliy liboslar namoyishi, hunarmandlarning mahorat namoyishlari va turli madaniy tadbirlar bilan kengaytirildi. XIV an’anaviy festivalining yana bir yangiligi tarixiy filmlarimiz namoyishi tashkil qilinishi bo’ldi.

O’ziga xos yubiley sana hisoblangan XV an’anaviy "Ipak va ziravorlar" festivaliga tayyorgarlik jarayoni qanday bormoqda?

— Joriy yilning 26-28 may kunlari bo’lib o’tadigan mazkur festivalni yuqori saviyada o’tkazish hamda festival tadbirlari o’tkaziladigan joylarda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Festival haqidagi ma’lumotlarni xorijiy mamlakatlarning O’zbekistondagi elchixonalari diplomatik korpuslar, xalqaro tashkilotlar, Buxoro bilan birodarlashgan shaharlar vakillariga, xorijiy va mahalliy turoperatorlar, shuningdek, xorijiy va mahalliy hunarmandlar va viloyat ahliga etkazish uchun o’zbek va xorijiy tillarda bukletlar tayyorlashga kirishildi. Viloyat hokimligi, "O’zbekturizm" milliy kompaniyasi, "Ipak va ziravorlar" festivalining doimiy faoliyat yurituvchi veb-sayti hamda boshqa daxldor tashkilotlarning veb-saytlari orqali bu ma’lumotlar internetga chiqarilmoqda. Tadbirni homiylik asosida moliyaviy ta’minlash bo’yicha mahalliy va xorijiy tashkilotlarning takliflari ko’rib chiqilmoqda.

Festival doirasida hunarmandchilik va sayyohlikni rivojlantirish, Buxoro madaniy merosi va turistik salohiyatini jahonda keng targ’ib etish maqsadida xalq amaliy san’ati ustalari mahsulotlarining yarmarkasini, folklor-etnografik dastalari va boshqa badiiy jamoalar kontsertlarini tashkil etish, dizaynerlarimiz ijod etgan liboslar namoyishi, turli ko’rgazmalar va milliy sport o’yinlarini o’tkazish tadbirlari an’anaviy ravishda davom ettiriladi. Biroq ular bugungi kun talablari asosida takomillashtiriladi.

O’tgan barcha festivallar doirasida Buxoroda turizmni rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan davra suhbatlari tashkil etilib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu an’ana ham davom ettirilib, 27 may kuni O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Buxoro davlat universiteti, chet el ilmiy muassasalari, "Buxoro merosi" ilmiy-tadqiqot markazi olimlari, "O’zbekturizm" milliy kompaniyasi va mahalliy sayyohlik tashkilotlari mutaxassislari hamda xorijiy va mahalliy investorlar ishtirokida  “Buxoroga xorijiy sarmoyalarni, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion loyihalarni jalb qilish-turizm sohasini rivojlantirish, xizmat ko’rsatish tizimini yangilash hamda xalqaro tan olingan madaniy meros ob’ektlarini saqlab qolishning bosh mezoni sifatida” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkaziladi.

XV an’anaviy "Ipak va ziravorlar" festivaliga tayyorgarlik ko’rishning o’ziga xos jihatlaridan biri shundaki, bu ishda nafaqat hokimliklar va tadbir tashkilotchilari, balki Buxoro davlat tarixiy-me’moriy muzey-qo’riqxonasi, "Tadbirkor ayol" uyushmasi, "Oltin meros" xalqaro jamg’armasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo’limlari singari nodavlat tashkilotlari zimmalariga ham katta yumushlar yuklatilgan.

Chunki bu festival orqali viloyatimizda sayyohlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, turizmni iqtisodiyotimizning katta daromad keltiruvchi sohasiga aylantirishga ko’maklashish, ajdodlarimiz ma’naviy va madaniy merosini, istiqlol davrida erishilgan yutuqlarni jahonga keng targ’ib etish vohamiz jamoatchiligining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  996 |   29-01-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation