Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Mehnat mukofotsiz qolmaydi
Mehnat mukofotsiz qolmaydi

Yurtimizning barcha hududlarida “Yong’in xavfsizlgi kunlari” uyushqoqlik bilan davom etmoqda. 

Ushbu tadbirni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini, shuningdek uy-joy fondini yong’in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish hamda o’ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong’in va portlash xavfi katta bo’lgan ob’ektlarda yong’in xavfsizligini mustahkamlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Ushbu tadbir doirasida tuzilgan chora-tadbirlarga muvofiq Buxoro neftni qayta ishlash zavodi sexlari va bo’limlarda yong’in xavfsizlik kunlarida maxsus yong’in xavfsizlik burchaklari, fotoalbomlar, eslatmalar, yo’riqnoma, plakat va panolar tayyorlab o’rnatildi.  46 ta yangi yong’in o’chirgichlar, 5000 p/metr yong’in o’chirish yengliklari, 1 dona yong’in o’chirish shiti, 76 ta koshmalar xarid qilindi. Bu esa, zavodning tadbirga puxta tayyorgalik ko’rganligidan dalolat beradi.   

Respublikamizada o’tkazilib kelinayotgan barcha tadbirlarda, shular qatorida Yong’in xavfsizlik kunlarini o’tkazishda zavod ma’muriyati, qolaversa ishchi-xodimlarning faol ishtiroki hamda mas’uliyat bilan yondashuvi tufayli Yong’in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organlar tomonidan muntazam rag’batlantirilib kelinmoqda. Xususan, 2014-2015 va 2015-2016 yillarda o’tkazilgan “Yong’in xavfsizligi oyligi” doirasidagi ko’rik-tanlovlarda “Yong’in xavfsizligi holati namunali bo’lgan o’ta muhim va toifalangan ob’ekt nominatsiyasida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi unitar korxonasi faxrli 1-o’rinni egalladi va ikki yil ketma-ket O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Yong’in xavfsizligi bosh boshqarmasining Faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.

         Ushbu tadbirda faol ishtirok etish, bu davrda yong’in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish orqali, nafaqat ushbu tadbirning faol ishtirokchisiga aylanamiz, balki bu bilan davlat va o’z shaxsiy mulkimizni, uy-joyimizni yong’indan asragan, shuningdek yaqinlarimiz va farzandlarimiz xavfsizligini ta’minlagan bo’lamiz.

 

S.Kushshaev,

BNQIZ yuridik xizmat huquqshunosi    

Orqaga Chop Etish  291 |   28-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 23
  • Ko`rib chiqilmagan: 6
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

25-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat соат 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation