Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Dolzarb masalalar muhokamasi
Dolzarb masalalar muhokamasi

Joriy yilning 6 fevral kuni viloyat hokimlik soati yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Uni viloyat hokimi O’. Barnoev boshqarib bordi.

Yig’ilishda viloyat hokimligi apparati mas’ul xodimlari, korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari, huquq-tartibot idoralari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.

Shuningdek, shahar va tumanlar markazlarida tashkil etilgan studiyalar bilan videokonferentsiya aloqasi orqali yig’ilish ishida ushbu hududlar hokimlari, ularning o’rinbosarlari va boshqa mas’ul tashkilotlar rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

Yig’ilish avvalida 2017 yil 25 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risida”gi qarori ijrosini tashkil etish chora-tadbirlari xususida to’xtalib o’tdi.

Mazkur qarorda mustaqil davlatimiz asoschisi I. Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida u kishining haykallari o’rnatilishi, yurtimizdagi bir qator yirik ob’ektlarga hamda barcha viloyatlarning markaziy ko’chalariga nomlari qo’yilishi nazarda tutilgan.

Ayni paytda geografik ob’ektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi viloyat komissiyasi tomonidan Buxoro shahri Abduxoliq G’ijduvoniy ko’chasi hamda O’zbekiston Mustaqilligi ko’chasining Piridastgir ko’chasi bilan kesishmasigacha bo’lgan hududga Islom Karimov ko’chasi nomini berish bo’yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqin kunlarda qabul qilingan “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni, “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi, “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorlarining hududda ijrosini tashkil etish masalalari ham ko’rib chiqildi.

            - Ayni paytda yurtimizdagi barcha aholi vakillari, mahalla faollari, tadbirkorlar ushbu hujjatlarning o’z hayotlaridagi ahamiyati, turmushini engillashtirish, faoliyatini rivojlantirishdagi o’rni xususida to’lqinlanib fikr bildirmoqdalar,  - dedi viloyat rahbari. – Endilikda viloyatdagi har bir rahbar ushbu mas’uliyatni chuqur his etgan holda mazkur farmon va qarorlarning ijrosini sifatli ta’minlashga bor e’tiborlarini qaratmoqliklari zarur.

            Qayd etish joizki, muhtaram yurtboshimizning “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni doirasida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha kengashlarning yangi tashkiliy tuzilmasi yaratiladi. Kadrlar tarkibi, moddiy-texnika bazasi kuchaytiriladi. O’z navbatida viloyat, shahar va tumanlarda “Mahalla markazlari”, namunaviy loyihadagi fuqarolar yig’ini idoralari bosqichma-bosqich tarzda qurilib foydalanishga topshiriladi.

“Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorga asosan barcha pensionerlar, imkoniyati cheklangan nogironlar o’z nafaqalarini, shuningdek, viloyatimizning Qorovulbozor, Peshku, Romitan, Qorako’l va Olot singari olis tumanlarining byudjet tashkilotlari xodimlari esa ish haqi hamda ijtimoiy to’lovlarini hech qanday cheklovlarsiz to’liq hajmda, qolgan tumanlardagi byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqlari va oliy o’quv yurtlari talabalari esa stipendiyalarining kamida 50 foizini naqd pul shaklida olish imkoniga ega bo’lishdi.

 Shuningdek, yig’ilishda ijro intizomi, xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2016 yil 16 dekabr kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qayd etilgan  viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida  yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari rejasining joriy yil yanvar oyidagi ijrosi,  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual  qabulxonasidan Buxoro viloyat hokimligiga ko’rib chiqish uchun yuborilgan murojaatlar bilan ishlash holati va boshqa dolzarb masalalar tanqidiy muhokama etildi.

Viloyat rahbari mazkur masalalar yechimini ta’minlash bo’yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlarni berdi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  373 |   08-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 40
  • Ko`rib chiqilmagan: 23
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

20-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation