Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Tadbirkorlik va xususiy mulk davlat himoyasida
Tadbirkorlik va xususiy mulk davlat himoyasida

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish yo’lida imkoniyatlar eshiklari ochildi. Yaratuvchan, bunyodkor, yangicha yondashuv va qarashlarga ega har bir insonning ishbilarmonlikka intilishi davlatimiz va hukumatimiz tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 5 oktyabrdagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga doir qo’-shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi Farmoni yurtimiz taraqqiyot yo’lini belgilovchi yana bir muhim hujjatdir. Farmonda tadbirkorlik harakatlariga hech qanday to’siq hamda g’ovlar bo’lmaydi, avvalo, o’zing toza qalb bilan to’g’ri bo’lsang, yo’ling ham to’g’ri va ravon bo’ladi, degan g’oya bor.

Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat va xalq iste’moli tovarlarining asosiy qismi tadbirkorlik sub’ektlari va kichik biznes vakillari ulushiga to’g’ri kelmoqda. Lekin ayrim holatlarda tadbirkorlar faoliyatida ba’zi muammo va chigalliklar ham uchrab turayotganligi sir emas. Farmonning har bir bandi ana shu muammolarni bartaraf etish borasidagi huquqiy mezondir. Bundan keyin huda-behuda tekshiruvlar o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi. Tadbirkorlik O’zbekiston istiqboli yo’lida muhim ahamiyat kasb etar ekan, bu yog’iga ish ko’zini biladigan, g’ayrat-shijoatli, bozor bilan hamnafas kishilar doimiy rag’batda, kuchli himoyada bo’lishi kafolatlanadi.

Farmonning mazmun-mohiyati haqida so’z yuritar ekanmiz, azal-azaldan xalqimizning qonida bo’lgan tadbirkorlik bugun yuqori pog’onaga ko’tarildi. Ma’lumki, istiqlolning ilk davridan boshlab, ishbilarmonlik muhitini shakllantirish bo’yicha ildamlik va qat’iyatlik bilan huquqiy jihatdan puxta, pishiq loyihalar amalga oshirildi.

Ayniqsa, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan bir qator ezgu va xayrli ishlarga qo’l urildi. Bu borada ko’pgina tarixiy qaror va farmonlar qabul qilinganligi soha taraqqiyotining mustahkam poydevorini yaratdi. Yangi farmon hozirga qadar olib borilgan barcha sa’y-harakatlarning izchilligini to’la-to’kis ta’minlash, yangi bosqichga chiqarish yo’lida yana bir muhim qadam bo’ldi.

Ayni kunda tadbirkorlar manfaati uchun xizmat qilayotgan huquqni muhofaza qilish va boshqa idoralar yagona maqsad yo’lida jipslashmoqda. U ham bo’lsa, mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan qudratli davlatga aylantirishdan iborat. Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu farmon nafaqat yurtimizda faoliyat yuritayotgan ishbilarmon, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari vakillari manfaatini himoyalaydi, balki xorijlik investorlar erkin harakat qilishi uchun ularga qulay tadbirkorlik muhitini, shart-sharoitni yaratadi. Xullas, O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda erkinlikni ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor vazifasiga aylandi. Bu esa mustaqil yurtimizning ertangi kuni yanada nurafshon bo’lishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Razzoq OSTONOV, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi.

Orqaga Chop Etish  492 |   13-11-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation