Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Komissiyaning sayyor yig’ilishi
Komissiyaning sayyor yig’ilishi

Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha viloyat idoralararo komissiyasining sayyor yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda mazkur komissiya a’zolari, viloyat prokuraturasi mas’ul xodimlari, Buxoro va Qorako’l tumanlari hududiy idoralararo komissiyalari a’zolari, barcha tuman va shaharlar komissiyalari kotiblari, o’zini o’zi boshqarish organlari maslahatchilari, ta’lim muassasalari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Viloyat hokimi, komissiya raisi M.Esanov boshqargan ushbu yig’ilishda odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha Respublika idoralararo komissiyasining 2016 yil 29 avgustdagi 2-sonli yig’ilishi bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, Buxoro va Qorako’l tumanlari idoralararo komissiyalari tomonidan 2015 yil va 2016 yilning o’tgan davri mobaynida odam savdosiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar, viloyat xotin-qizlar qo’mitasi hamda "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo’limining bu boradagi faoliyati, xususan, targ’ibot ishlari, jabrlangan ayollarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish va profilaktik tadbirlarning natijadorligi singari muhim masalalar muhokama etildi.

Dastlab so’zga chiqqan viloyat prokurori v.b. O.Eshbakov odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha qabul qilingan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qat’iy rioya qilish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirar ekan, mazkur masala bo’yicha viloyatimizda yo’l qo’yilgan kamchiliklarga to’xtalib o’tdi.

Yig’ilishda uzoq muddatga xorijiy davlatlarga chiqib ketgan va qaytib kelgan fuqarolarning aniq hisobini yuritish, tegishli idoralar o’rtasida o’zaro solishtirishlar o’tkazish, ularning ketish sabablarini tahlil qilish, bu boradagi faoliyatni muvofiqlashtirib borish, "Vatanga qaytish guvohnomasi" bilan kelgan har bir fuqaroni profilaktik tadbirlarga to’liq va samarali jalb etish, odam savdosidan jabrlanganligini aniqlash, ularni to’liq tibbiy ko’rikdan o’tkazish, zarur hollarda belgilangan tartibda davolash choralarini ko’rish, diniy ekstremistik oqimlarga a’zo bo’lgan yoki bo’lmaganligini alohida o’rganish bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, odam savdosidan jabrlangan fuqarolarning bandligini ta’minlash holatini barcha hududlarda tizimli ravishda monitoring qilish, yangi ish o’rinlarini tashkil etish bo’yicha davlat va hududiy dasturlarda belgilangan parametr-larning to’liq bajarilishi, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, bo’sh ish o’rinlari yarmarkalarini muntazam va samarali o’tkazish, hududlarda, xususan, qishloq joylarda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni keng qo’llab-quvvatlash, jadal rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Tegishli tashkilotlarning mas’ul xodimlari zimmasiga ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda odam savdosidan jabrlangan xotin-qizlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko’rsatish, Respublika reabilitatsiya markaziga joylashtirish choralarini ko’rish, aholi, xususan, xotin-qizlar va yoshlar o’rtasida odam savdosi jinoyatlari, uning og’ir oqibatlari haqida tushuntirish hamda targ’ibot ishlarini kuchaytirish singari zarur vazifalar yuklandi.

Orqaga Chop Etish  398 |   23-11-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 23
  • Ko`rib chiqilmagan: 6
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

25-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat соат 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation