Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Narimon Umarovning Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi
Narimon Umarovning Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 9-noyabr kuni Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. 

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi o‘rinbosari D.Hamdamova ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili A.Tursunov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi. 

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Buxoro viloyatida ham yuqori o‘sish sur’atlariga erishilmoqda. Buni so‘nggi besh yilda viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobar o‘sgani, yalpi hududiy mahsulotda sanoatning ulushi 24,7 foizdan 30 foizga yetgani misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Shu davrda viloyat iqtisodiyotida umumiy qiymati 7 milliard 200 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Shundan 3 milliard 900 million dollari xorijiy investitsiyalardir. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Gazli neft-gaz majmuasi, “Deu tekstil Buxoro”, “Knauf gips Buxoro” kabi yirik korxonalar mamlakatimiz iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda. 

Nomzodning saylovoldi dasturida aholining barcha qatlamlari o‘z vaqtida, muntazam, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishini ta’minlash, Buxoro viloyatining tabiiy iqlim sharoitini, yer va suv resurslarining sho‘rlanish darajasi yuqoriligini inobatga olgan holda, hududda tibbiy xizmat darajasi va sifatini yanada oshirish, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish, dori vositalarining noqonuniy aylanishi, sifatsiz dori vositalari sotilishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. "Ijtimoiy tenglik – teng huquq va teng mas’uliyat demakdir" tamoyiliga tayangan holda fuqarolarning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy tengligi, har bir fuqaro qobiliyati va malakasidan kelib chiqib mehnat qilishi kafolatlanadigan, mehnatining miqdori va sifatini inobatga olib, munosib ish haqi va hayot darajasiga erishishi uchun keng imkoniyatlar yaratish zarurligi qayd etilgan. 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Q.Jo‘rayev, Buxoro davlat tibbiyot instituti kafedra mudiri I.Abdulhaqov, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i B.G‘iyosov, Buxoro shahridagi 35-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Sh.Madiyeva va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi yuzasidan fikr bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 

Orqaga Chop Etish  474 |   13-11-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation