Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  "Biz kelajakka ishonamiz!"
"Biz kelajakka ishonamiz!"

Viloyat hokimligi va "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi tomonidan kuni-kecha o’tkazilgan yoshlar forumi ana shunday deb nomlandi. U voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, aholining bu qatlami orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, o’smir yoshidagi bolalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilish kabi muhim masalalarga bag’ishlandi.

Tadbirda viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar masalalari bo’yicha o’rinbosari Ulug’bek Shakirov so’zga chiqib, yurtimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar, farzandlarimizning har jihatdan to’kis inson sifatida kamol topishi uchun yaratilayotgan qator imkoniyatlar, shuningdek, bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligi xususida to’xtaldi. 12-16 yoshli o’g’il-qizlar ishtirokida o’tgan mazkur forum davomida "Kamolot" YoIH viloyat kengashi raisi Dilshod Hakimov, viloyat prokurori katta yordamchisi Sobir Qurbonov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari Shodmon Sulaymon va boshqalar so’z olib, jamoat ishlari va ilm-fan, san’at, sport bilan bog’liq foydali mashg’ulotlarga keng jalb qilish orqali o’quvchilarni qing’ir yo’llarga kirib ketishdan saqlash, ularni turli zararli odatlardan tiyish, bu borada barcha zarur chora-tadbirlarni ko’rish, viloyatda o’smirlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning hozirgi darajasi, bunday salbiy holatlarni bartaraf etish hamda oldinda turgan boshqa vazifalar to’g’risida yig’ilganlarga ma’lumot berishdi. So’ng shahar va tumanlardagi maktab hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ichki ishlar bo’limlari tomonidan profilaktik hisobda turuvchi o’quvchilari uchun erkin muloqot shaklidagi ochiq darslar, interaktiv suhbatlar o’tkazildi. Milliy g’oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirish, huquqiy savodxonlikni oshirish, ekologik madaniyatni shakllantirish, farzandlarimizni turli yot g’oya va zararli odatlardan asrash hamda sog’lom turmush tarzi singari yo’nalishlarni qamrab olgan mazkur saboqlar orqali o’g’il-qizlar o’zlariga tegishlicha xulosa chiqarishdi.

— Bugungi forum tarbiyasi birmuncha og’irroq, yurish-turish, xulq-atvor borasida bir qadar oqsayotgan bolalar uchun yaxshigina ibrat maktabi bo’ldi, — deydi Peshko’ tumanidagi 32-umumta’lim maktabi yetakchisi Mohitora Ravshanova. — Shu bilan birgalikda ular o’zlarini qiziqtirgan muhim masalalar, muammoli holatlar bo’yicha yetarlicha javob olishdi.

Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida o’tgan ushbu tadbir doirasida shuningdek, turli ekstremistik guruhlarga qo’shilib ketishning ayanchli oqibatlarini ko’rsatuvchi "Ajal jodusi" nomli film namoyish etildi.

Orqaga Chop Etish  1046 |   20-12-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 85
  • Ko`rib chiqilmagan: 46
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

27-05-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation