Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Eskicha fikrlash, eskicha ishlashga hech kimning haqqi yo’q
Eskicha fikrlash, eskicha ishlashga hech kimning haqqi yo’q

Joriy yilning 9 yanvar kuni bo’lib o’tgan navbatdagi hokimlik soati yig’ilishida viloyat hokimi O’. Barnoev har bir hudud va soha rahbari oldiga ana shu talabni qo’ydi

Yig’ilishda viloyat hokimligi apparati xodimlari, shahar, tumanlar hokimlari, ularning o’rinbosarlari, korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari, huquq-tartibot idoralari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.

Dastlab viloyat hokimi davlat idoralarida aholi murojaatlari bilan ishlash sifatiga e’tibor qaratdi.

- O’tgan kunlar davomida viloyatning deyarli barcha hududlarida tadbirkorlar ochiq muloqotlar o’tkazdik, kuni kecha esa jismoniy va yuridik shaxslarning qabulini uyushtirdik, - dedi O’. Barnoyev. – Murojaatlarni tahlil qilganda ularning aksariyati tegishli hudud yoki tizim darajasida hal etilishi mumkin bo’lgan muammolardir. Faqatgina ayrim shahar va tumanlar hokimlari, tashkilotlar rahbarlarining e’tiborsizligi, sansalorligi, pastga tushib, odamlar bilan gaplashmayotganligi tufayli aholi o’z murojaatini viloyat hokimigacha ko’tarib kelishga majbur bo’lmoqda.

Mana masalan, qo’limda tadbirkorning yangi ish boshlashi uchun bankdan kredit ajratishni so’rab yozgan arizasi turibdi. Bank rahbariyati tadbirkorni o’zidan atayin uzoqlashtirish uchun u qabul qila olmaydigan yuqori foizli kreditni taklif etishgan. Holbuki, davlatimiz rahbariyati tomonidan sohaga yuksak darajada e’tibor qaratilayotgan, bir nafar bo’lsada yangi ish o’rni yaratishi uchun ularga ko’plab imtiyoz va imkoniyatlar yaratilayotgan bir vaqtda banklardagi bu kabi byurokratik to’siqlarini qanday izohlash mumkin?!

Endi bunday eskicha fikrlash, eskicha ishlashga hech kimning haqqi yo’q. Viloyat hokimligiga kelgan har bir murojaat ijrosi monitoringi bo’yicha yangi tizim shakllantiriladi. Eng ko’p murojaat kelib tushgan soha yoki hudud rahbari ogohlantiriladi, kerak bo’lsa aynan ana shu masala bo’yicha lavozimidan ozod qilinadi.

 Shundan so’ng viloyat rahbari obodonchilik borasida olib borilayotgan ishlarni ham tanqidiy muhokama etib, ko’chalar, turar-joylar, ko’p qavatli uylar atrofini tozalash, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, tuman va qishloq markazlarini yangi me’moriy talablar asosida qayta bunyod etish boraida tegishli ko’rsatmalar berdi.

Hokimlik soatida 2017 yil I chorakda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz ko’rsatkichlari va ularning bajarilishini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar, qishloq xo’jaligi sohasidagi muhim tadbirlar, xususan, sho’r yuvish, texnikalarni ta’mirlash, ariqlarni qazish, tozalash, mahalliy o’g’it chiqarish, o’simliklarni himoya qilish, samarasiz bog’-tokzorlarni buzish, “to’qsonbosti” ekinlarini ekish ishlarining bugungi holati,  O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 26 dekabrdagi “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “O’zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmonlari, 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy hokimiyat va davlat boshqaruvi organlarining rahbar xodimlari uchun xizmat turar-joy uylarini qurish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, Vatan himoyachilari kuni bayramini keng nishonlash, ushbu sana arafasida harbiylar, ularning oilalarini moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash borasidagi ishlar sifati ham muhokama qilindi.

Viloyat rahbari mazkur masalalar yechimini ta’minlash bo’yicha tegishli topshiriqlarni berdi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  185 |   10-01-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

30-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation