Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi

Joriy yil 28 dekabr kuni xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining navbatdagi sesiyasi bo’lib o’tdi. Unda viloyatdan saylangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, viloyat hokimligi apparatining mas’ul xodimlari, huquqni muhofaza qilish organlari, viloyat tashkilotlari va idoralari rahbarlari, shahar va tuman moliya bo’limlari, davlat soliq inspektsiyasi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

            Dastlab Buxoro viloyatining 2016 yil budjeti ijrosi hamda viloyatning 2017 yilga mo’ljallangan mahalliy budjeti asosiy parametrlari to’g’risida viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi U. Umarovning hisoboti tinglandi.(Hisobotning to’liq matni gazetaning saytda e’lon qilinadi).

            Qayd etilishicha, 2017 yilda viloyat mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari 1 trillion, 161 milliard so’mni tashkil etishi rejalashtirilgan. Bunda ijtimoiy soha va aholini qo’llab quvvatlash yo’nalishiga bir trillion so’mdan oshiq (86,7 foiz), shu jumladan ta’lim sohasiga 584 milliard so’m (50 foiz), sog’likni saqlash sohasiga 356 milliard so’m (31 foiz) mablag’ yo’naltiriladi.

Yangi yilda viloyat mahalliy budjeti loyihasida investitsiyalarga yo’naltirilgan mablag’larni 2016 yilga nisbatan 16 foizga oshirib, qariyb 17 milliard so’m ajratilishi rejalashtirilgan.

            Shuningdek, ma’ruzada budjet xarajatlari taqsimotidagi o’zgarishlar, xususan, ilgari viloyat budjetidan moliyalashtirilgan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi xarajatlari respublika budjeti hisobidan qoplanishi, ijtimoiy nafaqa to’lovlari, xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llari, shahar ko’chalari, posyolkalar hamda qishloq ko’chalarini kapital va joriy ta’mirlash dasturlarini amalga oshirish, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazlarini saqlash xarajatlarini tuman va shahar budjetidan viloyat budjetiga o’tkazilishi xususida ham ma’lum qilindi.

            Sessiya ishida qatnashgan viloyat hokimi O’. Barnoev ijtimoiy sohalar, xususan, ta’lim, sog’likni saqlash tizimlarini rivojlantirishda davlat tomonidan katta e’tibor qaratilib, budjetning salmoqli miqdori yo’naltirilayotganligini ta’kidlash asnosida, ushbu mablag’lardan maqsadli foydalanilishi ustidan deputlik nazoratini o’rnatish, ommaviy axborot vositalari ham bu borada faollik ko’rsatgan holda tahliliy materiallar berib borishlari xususida tegishli tavsiyalarni berdi. 

Ushbu masala muhokamasida 8-Dilkusho saylov okrugidan deputat, xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi raisi S. Jo’raeva, 24-Romitan saylov okrugidan deputat, Romitan tumani hokimi M. Olimov, 60-Jumabozor saylov okrugidan deputat, Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi a’zosi R. To’raev hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri birinchi o’rinbosari J. Qo’chqorovlar ishtirok etishdi.

Shundan so’ng yig’ilishda  “Buxoro viloyatida 2016 yilda ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash manzilli dasturi”da belgilangan parametrlarning bajarilishini ta’minlash, ayniqsa, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda ularga viloyatdagi tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarni ajratish borasida olib borilayotgan ishlarning holati to’g’risida, xalq deputatlari viloyat Kengashi ayrim deputatlarining deputatlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish, bo’shab qolgan saylov okruglarida saylovni o’tkazish hamda Kengash vakolatiga oid boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Sessiya kun tartibida muhokama etilgan masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilindi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  452 |   29-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation