Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Faoliyat samaradorligiga bag’ishlandi
Faoliyat samaradorligiga bag’ishlandi

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo’linmasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag’ishlangan seminar-trening bo’lib o’tdi. Unda viloyatimizning mahalliy ekspertlar guruhi qatnashdi. Seminarda O’zbe-kiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi a’zolari vakillari ma’ruzalari tinglandi.

—Mazkur seminar-trening biz, ekspertlar uchun o’ziga xos dasturilamal bo’ldi,—deydi mahalliy ekspert Hasan Abdul-huseynov. — Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazish bo’yicha saylov komissiyalari faoliyatining huquqiy asoslari, saylovchilar ro’yxatini tuzishning o’ziga xos xususiyatlari, milliy tajribamiz, muddatidan oldin ovoz berish jarayonida uchastka saylov komissiyasi a’zolarining vazifalari, saylov kuni uchastka saylov komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar, xalqaro va mahalliy kuzatuvchilarning vakolatlari hamda faoliyat ko’rsatish tartibi to’g’risida batafsil tushunchalar berildi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yuborilgan ekspertlar bilan fikr almashib, o’zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

Aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi bo’yicha bilimlarini yanada oshirish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini umume’tirof etilgan demokratik tamoyillar asosida uyushqoqlik bilan o’tkazishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag’ishlangan seminar-treninglar kontseptsiyasi ishlab chiqilgan edi.

Unga ko’ra, bu kabi treninglar 3 bosqichda amalga oshirilishi nazarda tutilgan bo’lib, 1-bosqich—oktyabr oyida respublika miqyosida o’tkazildi. 2- va 3-bosqichlar—noyabr oyida hududlar miqyosida tashkillashtiriladi.

Seminarning asosiy mavzulari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazish bo’yicha saylov komissiyalari faoliyatining huquqiy asoslari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining ishini tashkil etish hamda saylov uchastkalarini jihozlash, saylovchilar ro’yxatini tuzish, unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish tartibi, ovoz berish (muddatidan oldin ovoz berish) jarayonlarini tashkil etish, o’tkazish, saylov jarayonida kuzatuvchilar ishtirokining ahamiyati, saylovlar ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining roli hamda boshqa muhim masalalarga qaratilgan.

Seminar-treninglar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Orqaga Chop Etish  607 |   07-11-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 39
  • Ko`rib chiqilmagan: 22
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

17-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation