Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Matbuot anjumanlari /  Yuzma-yuz muloqot
Yuzma-yuz muloqot

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati tashabbusi bilan jurnalistlar uchun "Mahalliy soliqlarni to’lash muddati va tartiblari" mavzusida anjuman o’tkazildi.

Erkin va yuzma-yuz shaklida o’tkazilgan ushbu tadbirda OAV vakillariga viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari Erdon Gadoev, Mardon Xaitov, viloyat hokimligi mutaxassisi Sherzod Egamberdievlar soliq qonunchiligiga kiritilgan yangilik va o’zgarishlar, bu borada viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berdilar.

—"Soliq va byudjet siyosatining 2015 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o’zgartish va qo`shimchalar kiritish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksining 290-moddasiga o’zgartishlar kiritildi,—deya soha yangiliklariga to’xtaldi E. Gadoev. Unga asosan, joriy yilning 1 aprelidan boshlab ko’chirib keltirilgan fuqarolarning kelib joylashgan yer uchastkalari hamda dehqon xo’jaligi yuritish uchun jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yer uchast­kalari bo’yicha yer solig’idan imtiyozlar bekor qilindi.

Anjumanda ta’kidlanganidek, soliqlarni o’z vaqtida to’lamagan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari qo’llaniladi. Ya’ni, Soliq kodeksi talablariga muvofiq, to’lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e’tiboran, har bir kun uchun 0, 033 foiz miqdorida penya hisoblanadi. Fuqaro soliq organi tomonidan soliq qarzini uzish to’g’risida talabnoma berilgandan keyin o’n kun ichida qarzini uzmasa, majburiy undiruv choralarini ko’rish bo’yicha sudga da’vo arizasi kiritiladi...

Viloyat hokimligi mutaxassisi Sh. Egamberdiev Prezidentimizning 2015 yil 15 maydagi "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar xususida yig’ilganlarga so’zlab berdi.

Viloyat hokimi matbuot kotibi Akbar Rustamov boshqargan anjuman davomida ishtirokchilar nafaqat mavzu bilan bog’liq savollariga javob olishdi, balki jamiyatimizda uchrayotgan sohaga oid turli masalalar va yechilishi lozim bo’lgan muammolar yuzasidan ham o’z munosabatlarini bildirishdi, takliflar bilan chiqishdi.

 

Orqaga Chop Etish  1020 |   26-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation