Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimning nutq va ma`ruzalari /  Viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanovning mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zi
Viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanovning mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zi

 

Assalomu alaykum, aziz do’stlar, tantanali yig’ilish qatnashchilari!

 Shu kunlarda Vatanimiz uchun mustaqil, erkin hayot kechirish, uni taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga ko’tarish yo’lining asosiy prinsip va qoidalarini muhrlab bergan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligini bayramona nishonlamoqdamiz.

Tariximizda chuqur iz qoldirgan ana shu buyuk sana bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun viloyatimiz ahlini chin qalbimdan tabriklab, barchangizga samimiy hurmat-ehtiromimni izhor etaman.

Konstitutsiyamizda belgilab berilgan asosiy maqsadlarimiz barchamizga yaxshi ma’lum. Ya’ni, Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning bevosita tashabbusi va rahnamoligida ishlab chiqilib qabul qilingan Bosh qomusimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat qurish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik tamoyili ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mustahkam poydevorini yaratib berdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda odamlarimiz, ularning ijtimoiy ongi, hayotga munosabati tobora o’zgarmoqda, vatandoshlarimizning siyosiy yetukligi, yurtimizda va dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan fuqarolik mas’uliyati, daxldorlik hissi oshib bormoqda. Va aynan shularning barchasi mamlakatimizning taraqqiyot va farovonlik yo’lidan izchil rivojlanib borishini, yangi marralarni qo’lga kiritishimizni ta’minlayotgan qudratli harakatlantiruvchi kuch bo’lib xizmat qilmoqda.

Bugun Vatanimiz bosib o’tgan mustaqil taraqqiyot yo’lini xolisona baholar ekanmiz, muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida biz erishgan, dunyo jamoatchiligi tan olgan olamshumul yutuq va marralar, avvalambor, izchil rivojlanayotgan iqtisodiyotimiz va uning barqaror o’sish sur’atlari, aholi farovonligining yildan-yilga oshib, jahon hamjamiyatida mamlakatimiz obro’-e’tiborining tobora yuksalib borayotgani – bularning barchasi Konstitutsiyamizning asosiga qo’yilgan, chuqur va puxta o’ylangan maqsad, printsip va normalarning hayotbaxsh samarasi, desak, hech qanday mubolag’a bo’lmaydi.

Muhtaram tadbir ishtirokchilari!

Mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishda muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov 2015 yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilgan edilar. Shu munosabat bilan ishlab chiqilgan maxsus Davlat Dasturi, uning asosida hududiy dasturlarda oilamiz ustuni, xonadonlarimiz fayzi va farishtasi bo’lgan nuroniylarimizni qo’llab quvvatlash, ularga munosib turmush va dam olish sharoitini yaratish, jamiyat hayotida ularning boy hayotiy tajribasidan foydalanish borasida keng ko’lamli chora-tadbirlar belgilandi va ular izchil amalga oshirilmoqda.

Dastur doirasida joriy yilning o’tgan 11 oyida 180,1  mlrd.so’m hamda      132,5 ming AQSh dollari miqdorida mablag’ sarflandi.

Zero, har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi. Qaysi xonadonda nuroniy otaxon yoki onaxon bo’lsa, bu oilada albatta fayzu baraka, farovonlik, ahillik bo’lishini barchamiz yaxshi bilamiz.

Shu bois bugun turli sohalarda erishayotgan yutuqlarimizda ota-onalarimiz, mo’tabar qariyalarimizning unutilmas va ulkan xizmati borligini, biz ular oldida umrbod qarzdor ekanimizni unutmagan holda kelgusi yilda ham, qo’limizdan kelganicha ularning og’irini yengil, umrini uzoq qilishni o’zimizning insoniy burchimiz, deb bilishimiz lozim.

Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Barchamizni oq yuvib, oq taragan, ona yurtimizning og’ir yukini, uning quvonch va tashvishini umr bo’yi yelkasida ko’tarib kelgan mo’tabar bobolarimiz va momolarimizni, ota-onalarimizni rozi qilish, ularning duosini olish – dunyodagi eng ulug’, eng savobli ish desam, o’ylaymanki, barchangizning fikringizni ifoda etgan bo’laman”.

Hurmatli yig’ilish qatnashchilari!

Muhtaram Yurtboshimiz bevosita rahnamoliklarida o’tgan davr mobaynida xalqimiz erishgan marralarni ko’z o’ngimizda tasavvur etar ekanmiz, hech shubhasiz, ko’pchilikning hayrati va havasini uyg’otadigan natijalar, ya’ni, iqtisodiyotimizdagi tub tarkibiy o’zgarishlar, yurtimiz qiyofasini butunlay o’zgartirayotgan keng miqyosdagi bunyodkorlik ishlari, ta’lim-tarbiya, sog’liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohalarida qo’lga kiritayotgan ulkan yutuqlarimizni yorqin misollarda ko’rish va anglash qiyin emas. Albatta mustaqil diyorimizning tarixan qisqa muddatda ulkan taraqqiyot yo’lini bosib o’tib, iqtisodiy-ijtimoiy sohada yuksak yutuqlarni qo’lga kiritishida vatanparvar, fidoyi insonlarning ham muhim hissasi bor. Vatan o’z fidoyilari bilan faxrlanadi, ularni sharaflaydi. Yaqinda biz viloyat hokimligida mustaqillik bayrami hamda “Ustoz va murabbiylar kuni” arafasida sharafli mehnatlari uchun Vatanning faxriy unvonlari, ordenu medallariga sazovor bo’lgan viloyatdoshlarimizga ana shunday mukofotlarni topshirdik. Bugungi tantanali yig’ilishda butun viloyat ahli nomidan mukofotlanganlarni yana bir bor tabriklashga ijozat bergaysizlar. 

Aziz do’stlar!

Sizlarni yana bir bor O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, uning qabul qilinganiga 23 yil to’lishi bilan astoydil tabriklayman. Barchangizga baxt-saodat, jonajon O’zbekistonimiz qudrati va xalqimiz farovonligini oshirish yo’lidagi mehnatlaringizga kattadan katta muvaffaqiyatlar tilayman. 

E’tiborlaringiz uchun rahmat!

Orqaga Chop Etish  1225 |   05-12-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-09-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation