Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Xalq bilan gaplashish eng birinchi vazifamiz, burchimizdir
Xalq bilan gaplashish eng birinchi vazifamiz, burchimizdir

Viloyat hokimi O’. Barnoev Jondor, Romitan tumanlari va Buxoro shahri faollari bilan uchrashuvlarida barcha hududlar rahbarlari oldiga ana shu talabni qo’ydi.

Viloyat rahbari mazkur uchrashuvlar avvalida hudud rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash, xalq bilan muloqot olib borish ishlari sifatiga e’tibor qaratdi.

— Muhtaram Prezidentimiz har bir chiqishlarida xalq dardini tinglash, muammolarni bevosita joyida o’rganib, hal etish kerak, degan talabni qo’ymoqdalar, — dedi O’. Barnoev Jondor tumani faollari bilan uchrashuv avvalida. — Hozirdan boshlab har bir tuman rahbari bugun nechta aholi xonadoniga kirgani, necha nafar kishi bilan muloqot qilib, kimlarning muammosini hal etgani bo’yicha alohida statistika yuritmog’i lozim. Zero, haqiqiy rahbar qo’l ostidagi hudud aholisi bilan samimiy munosabatda bo’lsa, ularni qiynayotgan masalalarni o’z qalbidan o’tkazib, yechimi ustida bosh qotirsagina el orasida obro’-e’tibor topadi. Xalq bilan gaplashish barchamizning eng birinchi vazifamiz, burchimizdir.

Kelgusida nafaqat viloyat, balki mamlakatimizning ham yirik iqtisodiy ob’ektlaridan biri bo’lishi kutilayotgan Qandim gazni qayta ishlash majmuiga eltuvchi asosiy yo’l Jondor tumani hududidan o’tadi. Bugun juda ko’plab nufuzli mehmonlar qatnovchi ushbu yo’lning atrofi obodonchiligi, yo’l bo’yiga tutashgan uylar va maishiy xizmat binolari me’moriy yechimi mutlaqo talabga javob bermaydi.

Viloyat rahbari yuqoridagi kamchilikni qayd etish asnosida nafaqat yirik yo’llar atrofi, balki barcha qishloq markazlarini obodonlashtirish, servis shoxobchalaridan iborat qishloq guzarlarini barpo etish, qolaversa, tuman markazini zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qayta bunyod etish borasida tegishli topshiriqlarni berdi.

Uchrashuvda tumanda Mahalliylashtirish dasturi ijrosi, sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari eksporti, elektr energiya, tabiiy gazdan qarzdorlik, sog’liqni saqlash va ta’lim sifati hamda boshqa sohalardagi kamchiliklar qayd etildi. Ushbu muammolarni hal etish borasida yangi yilda amalga oshiriladigan vazifalar va rejalar keltirib o’tildi.

* * *

Viloyat hokimining Romitan tumani faollari bilan uchrashuvida ham O’. Barnoev dastlab hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ahvoli va bu yo’nalishdagi 2017 yilgi rejalar bilan o’rtoqlashdi.

— Bir paytlar xalq xo’jaligining barcha sohalarida hamisha ibrat ko’rsatib, tajribasi butun respublika bo’yicha ommalashtiriladigan Romitan tumanining bugungi ko’rsatkichlari hududning o’z mavqei, imkoniyatlari, kadrlar salohiyati darajasiga mutlaqo mos emas, — dedi viloyat rahbari. — Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish va eksportga yo’naltirish, aholining kommunal to’lovlardan qarzdorligini bartaraf etish, tuman markazi va qishloqlar qiyofasini tartibga keltirish borasida hali ko’p ishlar amalga oshirilishi lozim.

Yig’ilishda bu kabi kamchiliklar qayd etilish asnosida, ularni bartaraf etish usullari xususida ham tegishli tavsiyalar berildi.

—Albatta bu ishlarning barchasini faqatgina tuman hokimi yoki o’rinbosarlarining o’zi qila olmaydi, — dedi notiq pirovardida. — Tuman faollari, deputatlar, barcha idora va korxonalar rahbar-xodimlari ular atrofida yagona kuch bo’lib birlashmog’i lozim. O’z navbatida esa tuman rahbariyati ham qo’l ostidagi ishchilarning munosib mehnat sharoitlarini ta’minlab bermog’i talab etiladi.

Shuningdek, yig’ilishda hudud rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash ahvoli ham tanqidiy tahlil qilindi.

* * *

Xuddi shunday faollar bilan uchrashuv Buxoro shahrida ham bo’lib o’tdi. O’ta keskin tanqidiy ruhda kechgan yig’ilishda shaharda qoloqlikka yo’l qo’yilgan bir qator masalalar echimi muhokama qilindi hamda mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati.

 

Orqaga Chop Etish  810 |   28-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

22-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation