Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Bosh qomusimiz - huquqimiz kafolati
Bosh qomusimiz - huquqimiz kafolati

Joriy yilning 7 dekabr kuni viloyat musiqali drama teatri binosida O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi. Uni Buxoro shahar hokimi V. O’rinov kirish so’zi bilan ochdi.

O’zbekiston Davlat madhiyasining tantanavor sadolari yangraydi.

Yig’ilishda viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i Akram Xalilov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi haqida ma’ruza qildi.

Shundan so’ng so’zga chiqqan Buxoro san’at kolleji o’qituvchisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Salomat Rahmonova, Buxoro davlat universiteti magistranti Shavkat Bobojonov mamlakatimiz Asosiy qonunining jamiyatimiz taraqqiyotida, inson haq-huquqlarini, uning manfaatlarini himoya etish, madaniyat, san’at, ta’lim sohasini rivojlantirish, har bir shaxsning o’qish, mehnat qilish, ilmiy va texnikaviy ijod bilan shug’ullanish, erkin kasb tanlash, ijtimoiy himoya, ma’naviy erkinliklardan foydalanish kabi huquqlarini kafolatlashda tutgan o’rni haqida o’z fikr-mulohazalarini bayon etdilar, yurtimizdagi tinchlik, xotirjamlik, millatlararo totuvlik va bag’rikenglik uchun shukronalik izhor qildilar.

Viloyat hokimi, O’zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanov yig’ilish qatnashchilarini va ular timsolida butun viloyat ahlini mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi qutlug’ sana — Vatanimiz Konstitutsiyasining 24 yilligi bilan qizg’in muborakbod etdi.

- Konstitutsiyamizning mustaqil Vatanimiz tarixi, bugungi milliy davlatchiligimiz tiklanishi, uning tadrijiy taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyatini hech qanday narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi, - dedi viloyat rahbari o’z so’zida. - Mustaqil davlatimiz asoschisi, birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug’anievich Karimovning bevosita tashabbusi va rahnamoligida ishlab chiqilib, qabul qilingan Konstitutsiyamizda muhrlab qo’yilgan tamoyil va qoidalar asosida mamlakatimizda to’laqonli, samarali amal qiladigan qonunchilik va huquqiy baza yaratildi. Bir so’z bilan aytganda, Asosiy qonunimiz huquqiy davlat yaratish yo’liga o’tishimizning poydevorini qurib berdi.

Bugungi kunda Konstitutsiyamiz muhrlab qo’ygan tamoyillarni amalga oshirish yo’lidan dadil odimlab, davlat qurilishi, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va gumanitar sohalarda biz amalga oshirayotgan keng ko’lamli islohotlar va demokratik yangilanishlar, aholi turmush darajasi va sifatining jadal o’sib, yurtimiz qiyofasi, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o’rni butunlay o’zgarib borayotgani barchamizga katta g’urur va iftixor bag’ishlaydi.

Hayotimizdagi ushbu yuksak ahamiyatga molik o’zgarishlar haqida gapirganda, avvalo odamlarimizning dunyoqarashi va kayfiyati, fikru zikri, ularning hayotga, o’z mehnati natijasiga munosabati tubdan o’zgarib, yuksalib borayotganini alohida ta’kidlash joiz. Bugun hayot o’zgarmoqda, insonlarning fuqarolik va siyosiy ongi, huquqiy madaniyati o’smoqda. Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega, hayotga yangicha qaraydigan, o’z fikri va qarashlariga ega bo’lgan navqiron yoshlarimiz hayotga ishonch bilan kirib kelmoqda, jamiyatimizda mustahkam o’rin olmoqda va mamlakatimizning taraqqiyoti yo’lida hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.

Yana bir necha kun ilgari barchamiz yurtimiz siyosiy hayotidagi muhim voqea – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etdik. Yurtimizning kelgusi taraqqiyoti, aholi farovonligi hamda demokratik tamoyillarni ta’minlashda muhim vosita bo’lib xizmat qiladigan ushbu jarayonning ochiq va oshkora, ko’ppartiyaviylik asosida o’tkazilishi Konstitutsiyamizning xalqimiz siyosiy faolligini oshirish yo’lida yaratib bergan imkoniyatlardan biri hisoblanadi.

Negaki, saylovlar demokratik jamiyat, huquqiy davlat barpo etishda eng muhim bosqich hisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o’zaro birlashib ketgan”.

Quvonarlisi shundaki, yurtimizning barcha go’shalarida bo’lgani singari ushbu jarayon viloyatimizda ham yuqori saviyada, Konstitutsiyamiz va tegishli qonunchilik asosida o’tkazildi.

Buni viloyatimizga bevosita tashrif buyurgan 5 ta xalqaro tashkilot, 30 dan ortiq davlatning 121 nafar kuzatuvchilari ham e’tirof etishdi.

Shundan so’ng viloyat rahbari “Sog’lom ona va bola” yili davlat dasturining viloyatdagi ijrosiga ham alohida to’xtalib o’tdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur dastur doirasida joriy yilning o’n bir oyi davomida 396 mlrd.so’m hamda 8,7 mln AQSh dollari miqdorida mablag’lar sarflandi.

Xususan, ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruktsiya va mukammal ta’mirlash, shu bilan birga yangi zamonaviy texnologiyalar asosida zamon talablariga javob beradigan jihozlar bilan ta’minlash ishlari jadal olib borildi.

Hududlarda ayollarning maishiy turmush sharoitlarini yaxshilash va ro’zg’or tashvishlarini engillashtirish maqsadida 992 ta namunaviy uy-joylar qurildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi tadbirkor ayollarimizga o’z faoliyatlarini yanada kengaytirish, kasb-hunar kollej bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatlarini tashkil etishlari hamda yosh oilalarga uy-joy sotib olish, qurish va rekonstruktsiya qilish uchun bank imtiyozli kreditlari yo’naltirildi.

Bularning hammasi mamlakatimizda “Sog’lom ona va bola yili” davlat dasturi doirasida ko’rsatilayotgan ulkan g’amxo’rlik va e’tiborning amaliy ifodasidir.

Quvonarlisi shundaki, yosh avlod salomatligiga qaratilgan bu kabi ishlar natijasida farzandlarimiz ham ma’nan, ham jismonan barkamollikka erishib jahon ahli hayrat va e’tirofiga sazovor bo’lishmoqda.

Ayniqsa, joriy yil Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida bo’lib o’tgan har to’rt yillikning eng nufuzli musobaqasi - Olimpiada o’yinlarida qatnashgan Shahobiddin Zoirov, Shahram G’iyosov, Rishod Sobirov, Ixtiyor Navro’zov singari sportchilarimiz, Sherzod Namozov, Feruz Saidov, Shirin Sharipov, Shuhrat Boboev kabi paralimpiachilarning yutuqlari qalbimizda cheksiz g’urur va iftixor tuyg’ularini bag’ishladi.

Shundan so’ng viloyat rahbari barchani O’zbekiston Konstitutsiyasi kuni bilan yana bir bor tabriklab, ezgu tilaklarni izhor qildi.

Tadbirda viloyatda huquqshunos kadrlar va huquqshunos bo’lmagan boshqa soha vakillari o’rtasida “Eng faol huquq targ’ibotchisi” ko’rik tanlovi g’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi ham bo’lib o’tdi.

Tantanali yig’ilish viloyat san’at ustalari tomonidan tayorlangan badiiy kompozitsiya bilan yakunlandi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

 

Orqaga Chop Etish  518 |   08-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation