Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  O’zbekiston-bag’rikeng diyor
O’zbekiston-bag’rikeng diyor

Buxoro tibbiyot kollejida viloyat hokimligi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan “Yoshlarni millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik tamoyillari asosida tarbiyalashning dolzarb vazifalari” mavzusida yoshlar ilmiy-amaliy seminari o’tkazildi.

Seminarni olib borgan viloyat hokimligi apparati kotibiyati mudiri B.Norboev mazkur seminar kun tartibidagi masalalarning  yoshlar uchun ahamiyati, maqsad va vazifalari haqida qisqacha so’z yuritar ekan, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik masalalari xalqimizning ko’p yillik tarixida, azaliy qadriyatlarimizga singib ketganligini ta’kidlab, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ushbu yo’nalishlar taraqqiyotimizning asosiy tamoyillaridan biri sifatida e’tirof etilganligi, bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlaridagi ayrim guruhlar millatlaro va dinlararo munosabatlarni chigallashtirish orqali o’zlarining g’arazli maqsadlariga erishishga urinayotgan bir davrda yoshlarimizni yuksak ma’naviyatli avlod qilib, bag’rikenglik va hamjihatlik ruhida kamol toptirish muhim ahamiyat kasb etishini qayd etib o’tdi.   

Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita mutaxassisi M.Haydarov “O’zbekiston-bag’rikeng diyor” mavzusida ma’ruza qildi. Unda ta’kidlanishicha, Mustaqillik e’lon qilinganligining ilk kunlaridanoq O’zbekiston o’zi uchun rivojlanishning demokratik hamda dunyoviy davlatchilik yo’lini tanlab, ushbu zaminda yashovchi barcha elat va turli konfessiya vakillarning birgalikda tenghuquqlilik va adolat asosida hayot kechirishlari uchun sharoitlar yaratib berildi. Xususan, Asosiy Qonuninimizning 31-moddasida barcha uchun vijdon erkinligi kafolatlangan. Bugungi kunda respublikada 16 ta turli konfessiyaga mansub 2238 ta diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ma’ruzada o’tgan 24 yil davomida O’zbekistonda diniy sohada shu va boshqa qator yutuqlar qo’lga kiritilganligi, hukumatimiz aholini diniy bag’rikenglik tamoyillari asosida tarbiyalash, diniy muhitni sog’lomlashtirish borasidagi ishlarga katta e’tibor berib kelayotgani, ko’p millatli va turli konfessiya vakillari istiqomat qiladigan davlatda dinlararo va millatlararo totuvlikni ta’minlash shu jamiyatning barqarorligi va rivojida beqiyos ahamiyatga ega ekanligi aytib o’tildi.

Tadbir davomida Toshkent islom universiteti islomshunoslik kafedrasi mudiri S.Oqilov,  Buxoro davlat universitetining ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektori O.Qodirov, Respublika ma’naviyat targ’ibot markazi Buxoro shahar bo’limi rahbari H.Abdulhuseynov va boshqalar “Yoshlarni diniy bag’rikenglik, sog’lom e’tiqod va milliy  qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari”, “Yoshlarning diniy ekstremistik va aqidaparaslik kabi buzg’unchi g’oyalar ta’siridan asrashda ta’lim muassasalarning o’rni”, “Tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda yoshlarning o’rni va vazifalari” kabi mavzularda o’z fikrlarini bildirdilar.

Ma’ruzalar yakunida ishtirokchi talaba va o’quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar uyushtirildi.

Tadbir so’ngida ishtirokchilarga “Diniy bag’rikenglik” nomli film namoyish etildi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  1146 |   09-11-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 85
  • Ko`rib chiqilmagan: 46
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

27-05-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation