Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Deputatlar faoliyati /  Sessiyada tashkiliy masala ko’rildi
Sessiyada tashkiliy masala ko’rildi

Joriy yil 18 mart kuni xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi. Viloyatimizdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish organlari, viloyat tashkilotlari va idoralari rahbarlari, shahar, tuman ichki ishlar bo’limi boshliqlari, viloyat hokimligi apparatining mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan yig’ilishni xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, Oliy Majlis Senati a’zosi, viloyat hokimi O’.Barnoev boshqardi.

Sessiya ishida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A. Azizov so’zga chiqdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilikning oldini olish, jamiyatda sog’lom barqaror muhitni ta’minlashda ichki ishlar tizimi hamda davlat va jamoat tashkilotlarining o’zaro hamkorlikdagi faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hududda bu borada qo’lga kiritilgan talay yutuqlar barobarida yechimini kutayotgan, hal lozim bo’lgan vazifalar ham talaygina.

Xususan, so’nggi yillarda hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari oshayotgani qayd etilmoqda. Eng achinarlisi, jahon ma’naviy tamadduni beshiklaridan biri sifatida e’tibor qozongan hududda qotillik, zo’ravonlik, talonchilik jinoyatlarining sodir etilayotganligidir.

2016 yilda ana shunday turdagi 11 ta jinoyat ochilmay qolgan.O’g’rilik jinoyatlarining esa 10 foizi fosh etilmagan.

Shuningdek ma’ruzada viloyatda firibgarlik, voyaga etmaganlar va ayollar  jinoyatchiligi sonining oshayotganligi, qidiruvdagi shaxslar va bedarak yo’qolganlarni izlab topishdagi ko’rsatkichlarning pastligi, diniy ekstremistik oqimlarga moyil shaxslar bilan ishlash borasidagi muammolar tahliliga ham e’tibor qaratildi.

Vazir o’z so’zida ichki ishlar tizimi xodimlarining asosiy vazifasi faqatgina sodir etilgan jinoyatlarni ochish, jinoyatchilarni ushlash emas, balki aholi o’rtasiga chuqur kirib borgan holda jinoyat sabablarini o’rganish, ularning oldini olish ekanligini, Prezidentimiz tomonidan har haftaning payshanba kuni Profilaktika kuni sifatida e’lon qilinishi zamirida ham ana shu maqsad ilgari surilganligini ta’kidladi.

Sessiyada tashkiliy masala ko’rildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Sh. O’rinov lavozimidan ozod etilib, ushbu vazifaga Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari sifatida ishlab kelayotgan podpolkovnik Aliev Shuhrat Hasanovich tayinlandi.

Deputatlar O’zbekiston Respublikai Prezidentining ushbu qarorini bir ovozdan tasdiqlashdi.

6-Bahor saylov okrugidan deputat, “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi raisi F. Aminov, 17-Chorbakr saylov okrugidan deputat, xalq deputatlari viloyat Kengashining Qonuniylik, huquq-tartibotni va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari doimiy komissiyasi raisi Z. Tairov ushbu masala muhokamasida o’z fikrlarini bildirdilar.

Kengash raisi o’z so’zida ma’ruzada qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishda nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari, balki hudud jamoatchilik vakillari ham mas’uliyatni o’z zimmalariga olishlari lozimligini ta’kidlab, jinoyatchilik, ayniqsa voyaga yetmaganlar, ayollar jinoyatchiligining oldini olish, millitsiya tayanch punktlarini inventarizatsiyadan o’tkazib, moddiy-texnika bazasini yaxshilash borasida tegishli topshiriqlar berdi.

Sessiyada muhokama etilgan masalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

***

Yig’ilishda viloyat prokurori lavozimiga tayinlangan Valiev Bahriddin Bahodirovich hudud faollariga tanishtirildi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati.

Orqaga Chop Etish  58 |   18-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

30-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation