Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Inson manfaatlari har narsadan ustun
Inson manfaatlari har narsadan ustun

Inson manfaatlari, xalqning turmush madaniyati oshirish, ularga yashash, mehnat qilish, fikrlash uchun barcha sharoitlarni yaratish davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.

Muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoev tomonlaridan 2017 yil - “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e’lon qilinishida ham ham ana shunday ezgu maqsad mujassamdir.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilishi esa bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi.

Zero, muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Muammolarni bilish uchun xalq bilan muloqot qilish kerak. Xalq qabulxonalarining tashkil etilishi xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan tamoyilni hayotga tatbiq etishga zamin yaratadi”.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida qabul qilingan mazkur farmonga muvofiq, Buxoro shahar I.Mo’minov ko’chasi 2-A uyda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi tashkil etildi.

Kapital ta’mirlanib, qayta chiroy ochgan mazkur binoda fuqarolar uchun barcha sharoitlar hozirlangan.

Aholi murojaatlari bilan ishlash borasida barcha kerakli vositalar, moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlangan mazkur maskanda fuqarolar o’zlarini qiynayotgan muammolar, ariza va shikoyatlar, shuningdek, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

Yaqinda viloyat hokimligida o’tkazilgan yig’ilishda ana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Yig’ilishni viloyat hokimi O’. Barnoev olib bordi.

Unda so’zga chiqqan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi T. Xudoybergenov Prezident xalq qabulxonalari tashkil etilishi maqsadi, vazifalari, davlat rahbariga viloyatdan tushayotgan murojaatlarning umumiy yo’nalishlari, murojaatlar bilan ishlash usullari xususida to’xtalib o’tdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri tanishtirildi. "O’zdonmahsulot" aktsiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan E. Qudratov endilikda ushbu mas’uliyatli vazifani amalga oshiradi.

Tadbirda Vobkent tumani hokimi A. Javodov, viloyat hokimining o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Z. To’yeva va boshqalar so’zga chiqdi.   

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmat

Orqaga Chop Etish  481 |   16-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 23
  • Ko`rib chiqilmagan: 6
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

25-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat соат 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation