Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Muddatidan oldin ovoz berish vaqti belgilandi
Muddatidan oldin ovoz berish vaqti belgilandi

17 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o’tkazildi.

Komissiya raisi M.Daminov boshqargan majlisda dastlab saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish haqidagi masala ko’rib chiqildi. 

“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 31-moddasiga ko’ra, saylov kuni o’z yashash joyida bo’lish imkoniyatiga ega bo’lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. 
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o’n kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi. Shundan kelib chiqib, okrug saylov komissiyasi okrug hududidagi saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish 2016 yil 24 noyabr kuni boshlanib, 2 dekabr kuni yakunlanishi to’g’risida qaror qabul qildi. Saylovchilar ushbu kunlarda soat 9.00 dan 18.00 ga qadar uchastka saylov komissiyalariga murojaat qilishi mumkin.

Shuningdek, siyosiy partiyalar viloyat kengashlarining okrug saylov komissiyasiga yo’llagan xatlari asosida ularning kuzatuvchilariga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan namunadagi mandatlarni berish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Majlisda komissiya vakolatiga oid boshqa masalalar ham ko’rib chiqildi.

 

Shu kuni okrug matbuot markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o’tkazildi. 

Uni 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi matbuot markazi rahbari A.Rustamov olib bordi.

Okrug saylov komissiyasi raisi M.Daminov majlis kun tartibidan o’rin olgan masalalar, shuningdek okrug hududida saylov kampaniyasining borishi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlandiki, bugungi kunda viloyatdagi saylov uchastkalarida saylovni uyushqoqlik bilan, yuksak saviyada o’tkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rilmoqda.

“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonun asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga o’z saylovoldi tashviqotini olib borish uchun teng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berildi.
Xususan, saylovoldi tashviqoti davrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning har biriga o’z saylovoldi dasturlarining asosiy qoidalarini saylovchilarga etkazish uchun Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining teleradiokanallarida 140 daqiqadan efir vaqti, “Buxoronoma” gazetasida 1 sahifadan, “Buxarskiy vestnik” gazetasida 2 sahifadan nashr maydoni bepul ajratildi. Siyosiy partiyalar va Prezidentlikka nomzodlar bu imkoniyatdan samarali foydalanmoqda.

Siyosiy partiyalar viloyat kengashlari okrug saylov komissiyasiga murojaat qilib, nomzodlarning dasturlarini keng targ’ib etish uchun viloyat gazetalarida qo’shimcha bepul bosma maydoni ajratishni so’ragan edi. Okrug saylov komissiyasining 3 noyabr kuni o’tkazilgan majlisida ushbu murojaatlar qanoatlantirilib, “Buxoronoma” gazetasi tahririyati imkoniyatidan kelib chiqqan holda nomzodlarning har biriga yana bir sahifadan bepul bosma maydoni ajratish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Bundan tashqari, nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuvlar o’tkazish orqali saylovoldi tashviqotni olib bormoqda. Viloyatimizda ham O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari bo’lib o’tdi. Ayni kunlarda nomzodlarning ishonchli vakillari joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar o’tkazmoqda.

Fuqarolarga saylov jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar etkazib borish maqsadida okrug saylov komissiyasining www.saylov.buxoro.uz  manzili ostida rasmiy veb-sayti ish boshladi.

Bundan tashqari okrug ishonch telefoni xizmati ham yo’lga qo’yilib, unda fuqarolar 223-15-35 raqamli telefon, 223-15-45 raqamli faks hamda ishonchbuxosk@inbox.uz manzili ostidagi elektron pochta orqali sutkaning istalgan vaqtida murojaat etishlari mumkin.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi matbuot markazi

Orqaga Chop Etish  830 |   18-11-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

24-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation