Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Chorak yakunlari sarhisobi
Chorak yakunlari sarhisobi

Joriy yilning 28 mart kuni navbatdagi hokimlik soati yig’ilishi  bo’lib o’tdi. Shahar va tumanlar hokimlari, viloyat korxona-tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, viloyat hokimligi apparati mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan mazkur yig’ilishni viloyat hokimi M. Esanov boshqarib bordi.

Dastlab viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2016 yil I chorak dastlabki yakunlari va aprel oyi asosiy prognoz parametrlarining so’zsiz bajarilishini ta’minlash vazifalari bo’yicha vazifalar to’g’risida viloyat hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari H. G’oyirovning axboroti tinglandi.

Ta’kidlanishicha, iqtisodiyot tarmoqlarida izchillik bilan davom ettirilayotgan islohotlar, tarkibiy o’zgarishlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarining jadallashuvi 2016 yil birinchi choragida viloyatimiz ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishida, bir qator ijobiy natijalar qo’lga kiritish imkonini berdi, xalq xo’jaligi tarmoklarining uzluksiz faoliyat ko’rsatishi ta’minlandi.

Hisobot davrida viloyatda faoliyat ko’rsatuvchi  barcha mulkchilik shaklidagi sanoat korxonalari tomonidan solishtirma narxlarda 1 trillion 338 milliard so’mlik  mahsulot ishlab chiqarilib, 2015 yilning mos davriga nisbatan solishtirma narxlarda o’sish sur’ati 107,8 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmi amaldagi narxlarda 546,8 milliard so’mni, chakana savdo aylanmasi 984,7 milliard so’mni, pullik xizmatlar hajmi 389,5 jami xizmatlar hajmi 1 trillion 152,8 milliard so’mni tashkil qilishi kutilib, natijada o’tgan yilga nisbatan mos ravishda 118,4 foiz, 113 foiz, 118 foiz va 113,4 foiz o’sishga erishilishi kutilmoqda.

Viloyatda 2016 yil birinchi choragi uchun hududiy korxonalar eksport prognoz ko’rsatkichi 23 million 135,5 AQSh dollari hajmida belgilangan bo’lib, mart oyi yakuni bilan jami 23 million 901,8 ming AQSh dollari yoki belgilangan rejaga nisbatan 103,3 foizga bajarilishi kutilmoqda.

 “Buxoro viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” doirasida 2016 yilda jami qiymati 384,0 milliard so’mga hamda 1,4 million dollarga teng bo’lgan 1924 ta loyihalarni amalga oshirish va buning evaziga 16833 ta ish o’rinlarini yaratish belgilangan.

Joriy yil 1 choragida qiymati 10,0 milliard so’mga (shundan bank krediti 3,7 millard so’m) hamda 1,0 million dollarga teng  98 ta loyihalarni amalga oshirish va  659 ta ish o’rinlarini yaratish rejalashtirilgan bo’lib, amalda 16,8 milliard so’mga (shundan bank krediti 3,9 milliard so’m) teng 169 ta loyihalar amalga oshirilib, 894 ta ish o’rinlari yaratildi.

Shuningdek, notiq o’z axborotida kichik biznes, qurilish, qishloq xo’jaligi, bandlik, savdo sohalarida qayd etilgan yutuq va kamchiliklar tahliliga ham to’xtaldi.

Shundan so’ng viloyatning tuman va shaharlarida norasmiy masjid sifatida qayd etilgan binolardan maqsadli foydalanishning ahvoli to’g’risida viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari U. Shakirov axborot berdi.

Yig’ilishda viloyatda hududlar va qabristonlarni obodonlashtirish hamda ko’kalamzorlashtirish ishlari ahvoli yuzasidan viloyat jamoatchilik guruhining axboroti to’g’risidagi masala yuzasidan “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi raisi Yu. Qurbonov so’zga chiqdi.

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Hukumat qarorlari, farmoyishlari ijrosi holati muhokamasi viloyat hokimlik soati yig’ilishlari kun tartibidagi doimiy masalalardan biri hisoblanadi. Viloyat hokimligi apparati tashkiliy nazorat guruhi rahbari F. Latipovning bu galgi axborotida G’ijduvon tuman hokimligi hamda hududdagi idoralar faoliyati tahlil qilindi. Viloyat rahbari ushbu masala muhokamasiga tanqidiy yondoshib, faoliyati o’rganilgan hudud ko’pgina sohalarda qoloqlikka yo’l qo’yilayotganligining asosiy sabablaridan biri sifatida ijro intizomiga yetarli darajada e’tibor qaratilmaganligini alohida ta’kidladi.

G’ijduvon tumani misolida aniqlangan kamchiliklar yechimini hal etish har bir shahar va tuman hokimi, boshqarma va idoralar oldidagi dolzarb vazifa ekanligi, barcha ishlar muvaffaqiyati avvalo ijro intizomini mustahkamlash orqali ta’minlanishini qat’iy uqtirdi.

Shuningdek, yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarori talablariga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishining samaradorligi, aholiga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga va xususiy tadbirkorlarga ko’rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlarining sifati yaxshilanishi uchun Kogon shahar hokimligi rahbariyatining roli va mas’uliyati to’g’risidagi masala ham ko’rildi.

 

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati 

Orqaga Chop Etish  988 |   28-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 85
  • Ko`rib chiqilmagan: 46
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

27-05-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation