Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Davlatimiz rahbari Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qildi
Davlatimiz rahbari Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev buyuk allomalarimizdan biri Bahouddin Naqshband me’moriy majmuini ziyorat qildi. 

Eski tuzum davrida bu muqaddas maskan xarob bo‘lib qolgan edi. Istiqlol yillarida milliy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimizni, tarixiy obidalarimizni tiklash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1993-yilda Bahouddin Naqshband tavalludining 675-yilligi munosabati bilan mazkur ziyoratgoh ta’mirlandi. Majmuadagi daxmalar, maqbaralar, masjidlar, ayvonlar va madrasaning haqiqiy qiyofasi tiklanib, qutlug‘ qadamjoga aylantirildi. 

Taomilga binoan Bahouddin Naqshbandning ruhi poki haqiga Qur’on tilovat qilindi. 

Prezidentimiz mazkur yodgorlik majmuasini yanada obod maskanga aylantirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. 

Buxoroning jahon sivilizatsiyasi va islom madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyos. Bu zaminda ko‘plab allomalar tavallud topgan va yashagan. Ularning boy madaniy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish uchun bu yerda Toshkent islom universitetining maxsus fakultetini tashkil qilish kerak, dedi davlatimiz rahbari. 

Abu Bakir O‘rozov, O‘zA
Orqaga Chop Etish  215 |   10-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation