Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Giyohvandlik — umr zavoli
Giyohvandlik — umr zavoli

Mamlakatimizda giyohvandlik illatiga qarshi kurashish va uning yoshlar o’rtasida tarqalishi oldini olish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni viloyatimiz misolida ham ko’rish mumkin.

Butun mamlakatimizda bo’lgani singari vohamizda ham "Yoshlar o’rtasida giyohvand moddalar tarqalishiga qarshi kurashish oyligi" tadbirlari uyushqoqlik bilan o’tkazildi.

— Mahalla fuqarolar yig’inlari, tashkilot va korxonalarda ko’plab tadbirlar tashkil etildi. Asosiy e’tibor giyohvandlikning salbiy oqibatlari , iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy zararini keng ommaga, ayniqsa yoshlarga atroflicha tushuntirishga qaratildi. Bundan tashqari joylarda "O’zbekkino" milliy agentligi viloyat bo’limi tomonidan giyohvandlik va narkobiznesning ayanchli oqibatlari haqida hikoya qiluvchi "Girdob" va "Hayot kushandasi" hujjatli filmlari namoyish etildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yoshlarni bu illatdan asrashda tushuntirish va targ’ibot ishlari alohida o’rin tutadi.

Hamkor tashkilotlar tomonidan o’tkazilgan "Biz giyohvandlikka qarshimiz!" mavzuidagi o’quv-seminari va davra suhbatlari yoshlarning giyohvandlik hamda uning oqibatlari haqidagi tasavvur va dunyoqarashini boyitishga yo’naltirildi. Narkotik moddalar bilan bog’liq huquqbuzarliklar oldini olishga qaratilgan, shuningdek, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida axborotlar yoritilgan ommabop buklet va boshqa materiallar oylik doirasidagi tadbirlar davomida tarqatildi.

Shuningdek, viloyat hokimligi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi va ichki ishlar boshqarmasi tomonidan yoshlar yig’iladigan joylarda, xususan, istirohat bog’lari, tungi klublar, kafelar va boshqa joylarda giyohvand vositalar, psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish hamda ushbu jinoyatlarni sodir etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor-profilaktik tadbirlar o’tkazildi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash lozim, o’tgan yili yoshlar o’rtasida amalga oshirilgan targ’ibot-tashviqot ishlari va profilaktik tadbirlar natijasida viloyatdagi oliy o’quv yurtlari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va xalq ta’limi muassasalarida narkotik moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog’liq jinoyatlar qayd etilmagan.

Orqaga Chop Etish  158 |   01-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 23
  • Ko`rib chiqilmagan: 6
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

25-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat соат 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation