Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Irrigator va melioratorlar mehnatining e’tirofi
Irrigator va melioratorlar mehnatining e’tirofi

Viloyatimizda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha yakunlanayotgan yilda ham keng ko’lamli irrigatsiya va melioratsiya ishlari amalga oshirildi. Jumladan, hududda 114 kilometr uzunlikdagi kollektor rekonstruktsiya qilindi va qurildi, 1506 kilometr uzunlikdagi kollektorda tizimli ta’mirlash-tiklash ishlari bajarildi, 68 kilometr masofadagi kanal rekonstruktsiya qilinib, xo’jaliklararo o’tgan 350 ki-lometrdan ziyod kanallarni tozalash jarayonida 1,2 ming kub metr hajmdagi tuproq ishlari amalga oshirildi. Bunda Amu-Buxoro havza boshqarmasi irrigatsiya tarmoqlari mehnat jamoalarining ulkan hissasi bor, albatta.

Yaqinda Buxoro shahridagi "Parizod" to’yxonasida viloyatimiz qishloq xo’jaligining melioratsiya va irrigatsiya tizimi jamoalari, mehnat faxriylari va faollari ishtirokida tashkil etilgan sarhisob tadbirida yuqoridagi kabi jihatlar o’z e’tirofini topdi. Tantanada ishtirok etgan viloyat hokimi O’. Barnoev soha ilg’orlarini erishilayotgan muvaffaqiyatlari bilan qizg’in tabrikladi. Yangi 2017 yilda ish sur’ati va sifatini yanada oshirish, davlat dasturiy rejalarini bekamu ko’st uddalash yuzasidan mutasaddilar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi. Ishda alohida ibrat ko’rsatayotgan bir qator ekskavatorchi-mexanizator hamda mutaxassislar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Bir piyola choy ustida davom etgan bayram tadbiriga "O’zbeknavo" estrada birlashmasi viloyat bo’limining xushovoz xonandalari o’z chiqishlari bilan o’zgacha fayz bag’ishladilar.

Orqaga Chop Etish  535 |   28-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 40
  • Ko`rib chiqilmagan: 23
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

20-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation