Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Xotira mash’alasi mangu porlaydi
Xotira mash’alasi mangu porlaydi

Ikkinchi jahon urushi yillarida qariyb 30 ming nafar buxorolik askar Vatan ozodligi, ota-onasi, oilasi, farzandlari erki, baxtu saodati yo’lida jangu jadallarda mardlarcha halok bo’lgan. Ana shu shahidlarning ismi shariflari Buxoro shahri Markaziy istirohat bog’idagi Xotira xiyobonining naqshinkor ayvonlaridan o’rin olgan ulkan kitoblar sahifalariga zarhal harflar bilan muhrlangan. Xiyobondagi Motamsaro ona haykali poyida xotira mash’alasi yonib, otalar jasorati avlodlar yodi va qalbida mangu saqlanajagidan darak berib turibdi.

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kuni oldidan bu muqaddas qadamjo ziyoratchilar bilan gavjum bo’ldi. Xiyobon uzra harbiy orkestr sadolari yangradi.

Dastlab, viloyat va shahar hokimligi rahbarlari, jamoatchilik vakillari Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo’yishdi. Shundan so’ng Buxoro garnizoni harbiy qismlari, viloyat ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, davlat bojxona boshqarmalariining vakillari monument poyini gullar bilan to’ldirishdi. Harbiy qismlarning ofitser va askarlari Xotira xiyobonidan tantanali yurish bilan o’tib, marosimga o’zgacha ulug’vorlik baxsh etdilar.

—Bugungi avlod vakillarining ajdodlar xotirasini yod etib, ularning ruhi poyiga ta’zim bajo keltirganlarini ko’rib, quroldosh do’stlarim, jangu jadallarda jon olib, jon bergan yurtdoshlarimiz mardligi va jasorati unutilmaganidan qalbim iftixor tuyg’ulariga to’ldi,—deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 96 yoshli qariya Amin ota Axmedjonov.—Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o’tkazilgan tadbirlarda ofitser va askarlar chehrasidagi ishonch va qat’iyatni, mana bugungi tantanali yurishda qatnashgan alpqomat yigitlarning shaxdam qadam tashlashlarini ko’rib, ular xizmat qilayotgan armiya ona diyorimizni, istiqlolni har qanday yovuz kuchlardan muhofaza etishga qodir, qudratli harbiy texnikaga ega Qurolli Kuchlar ekaniga yana bir bor ishonch hosil qildim. Demak, shunday armiya bor ekan, mening 11 nafar farzandlarim, 163 nafar nevara va evaralarim barcha yurtdoshlarimiz qatori tinchlik va xotirjamlik barqaror bo’lgan mamlakatda yashab va mehnat qilib, O’zbekistonning buyuk kelajagini bunyod etishga o’z hissalarini qo’shaveradilar.

...Ziyoratgohdan harbiylar kolonnasi o’tib bo’lgach, navbat shahar korxonalari va tashkilotlariga etdi. Ular ham Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo’yib, Vatan ozodligi yo’lida shahid ketgan mardlar xotirasiga ehtirom ko’rsatdilar.

 

Orqaga Chop Etish  260 |   16-01-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 23
  • Ko`rib chiqilmagan: 6
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

25-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat соат 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation