Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Viloyat Kengashi sessiyasi
Viloyat Kengashi sessiyasi

2017 yil 31 yanvar kuni xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimligi apparatining mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

         Sessiyada deputatlik o’rni bo’shab qolgan xalq deputatlari viloyat Kengashining 9-Shirbudin, 38-Peshku, 44-Buktaroy, 52-Qaraxoni hamda 53-Qozon saylov okruglarida o’tkazilgan saylov yakunlari to’g’risida viloyat saylov komissiyasi raisi G’. Safarovning axboroti eshitildi.

2017 yil 29 yanvarda o’tkazilgan saylovlar yuqori saviyada tashkil etildi. Saylovlar yakunlari bo’yicha 9-Shirbudin saylov okrugida Bozorov Dilshod Tuyg’unovich, 38-Peshku saylov okrugida Barnoev O’ktam Isoevich, 44-Buktaroy saylov okrugida Xolov Maqsud Mahmudovich, 52-Qaraxoni saylov okrugida Umarov Murodjon Anvarovich, 53-Qozon saylov okrugida Hamroev Abdurahmon Karimovichlar eng ko’p ovoz to’plagan.

Ishonch bildirilgan xalq deputatlari viloyat Kengashining mazkur deputatlari vakolatlari e’tirof etildi.

Kengash raisi O’. Barnoev bugungi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida deputatlar har qachongidanda faol va tashabbuskor bo’lishi lozimligini qayd etish asnosida, bu borada Kengash deputatlarining roli qoniqarli emasligini ta’kidladi. Ayniqsa, qoloq tumanlarni subventsiyadan chiqarish, qishloq xo’jaligi oziq-ovqat ekinlari yetishtirish hamda eksportga yo’naltirish va boshqa tadbirkorlik yo’nalishlari orqali aholi farovonligini ta’minlash, voyaga yetmaganlar va qarindoshlar nikohi oldini olish, to’ylarni tartibga solish borasida tizimli deputatlik nazoratini o’rnatish zarur.

Sessiyada muhokama etilgan masala bo’yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati

Orqaga Chop Etish  437 |   01-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

27-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation