Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Matbuot anjumanlari /  Qonun targ`ibotiga bag`ishlandi
Qonun targ`ibotiga bag`ishlandi

Fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy-demokratik davlat barpo etish yo’lidan borar ekanmiz, bunda aholi, ayniqsa yoshlar huquqiy savodxonligini yanada oshirish, xalq xo’jaligining barcha sohalarida jadal sur’atlarda olib borilayotgan iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy islohotlar mazmun-mohiyatidan yaxshi xabardor bo’lish bugungi kun talabidir. Shu nuqtai nazardan, yangidan qabul qilinayotgan qonunlar mazmun-mohiyatini aholining barcha qatlamlari va ijrochilarga etkazishda huquqni muhofaza qilish idoralari hamda ommaviy axborot vositalarining o’zaro hamkorligini kuchaytirish, faoliyat samaradorligiga erishish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yaqinda Buxoro davlat universitetida bo’lib o’tgan tadbirda ham xuddi shu fikrlar e’tirof qilindi.

Viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, adliya hamda ichki ishlar boshqarmalari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo’linmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur matbuot anjumanida viloyatimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, davlat hokimiyati boshqaruv organlarining matbuot xizmatlari mas’ullari, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

—Joriy yil 25 aprelida "O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi va unga muvofiq davlatimizning amaldagi jinoyat hamda ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslariga qator o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi,—dedi tadbirda so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Husniddin G’oyirov.—Aynan sud-huquq sohasida kechayotgan izchil islohotlardan aholini o’z vaqtida xabardor qilish, targ’ibot ishlarini jonlantirish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda esa teleradiojurnalistlar, davriy nashrlar muharrirlarining o’rni yaqqol seziladi.

Shundan so’ng viloyat prokurorining o’rinbosari,adliya maslahatchisi K.Hasanov, viloyat adliya boshqarmasi bo’lim boshlig’i S. Jo’raev, viloyat IIB xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limi katta inspektori, podpolkovnik A. Hayitov va boshqalarning mavzuga oid axborotlari tinglandi.

Matbuot anjumani yakunida yig’ilganlar o’zlarini qiziqtirgan qator savollarga javob oldilar.

 

Orqaga Chop Etish  451 |   08-06-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation