Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Ta’lim va zamon uyg’unligi
Ta’lim va zamon uyg’unligi

Viloyat hokimligi apparati axborot xizmati hamda O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligida OAV vakillari uchun o’tkazilgan davra suhbati "O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim" mavzuiga bag’ishlandi.

Tadbirda ishtirok etgan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bosh uslubchisi Qursiya Sharipova hamda ushbu boshqarma metodika markazi mutaxassisi Gulshod Karimovalar o’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim mohiyati, ayniqsa, maktabgacha ta’lim yo’nalishida bu borada qilinishi zarur bo’lgan shart-sharoitlar, bunda ota-onalar hamda jamoatchilik bilan hamkorlik aloqalari xususida gapirib o’tdilar.

Mamlakatimizda milliy ta’lim modeli nafaqat uzluksiz ta’lim olishni, balki yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda shaxsning muttasil rivojlanib borishini ham kafolatlaydi,—deb ta’kidlandi davra suhbatida.—Masalan, maktabda, ayniqsa, ­qishloq joylarida bolalarni birinchi sinfga tayyorlashni yanada yaxshilash maqsadida maktabgacha ta’lim tizimida bir qancha yangiliklar joriy etilmoqda. Jumladan, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarning savodxonligini oshirish, ularni ­maktabga sifatli tayyorlash maqsadida yaratilgan besh nomdagi rangli-bezakli qo’llanmalar 5-7 yoshli farzandi bor ota-onalarga etkazib berilmoqda. Mazkur kitoblar umumta’lim muassasalarining kutubxonalari orqali viloyatimiz tumanlari bo’ylab 23 ming 354 oilaga bepul tarqatildi. Endilikda ota-onalar bu kitoblarni o’qib, farzandini maktabga tayyorlashda foydalanishi mumkin.

Shuningdek, davra suhbati davomida umumta’lim o’rta maktablarida ma’rifiy-tarbiyaviy ishlar sifatini yuksaltirish, darslar jarayonida in­novatsion texnologiyalardan foydalanish, xududlarda mak­tabgacha ta’lim sifatini oshirish, qishloq joylarida bolalarni MTMlarga qamrab olish kabi mavzularda fikr almashildi.

Orqaga Chop Etish  1146 |   29-10-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

19-07-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation