Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lida
Tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lida

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Tadbirkorlik faoliyatining  jadal rivojlanishini ta’minlashga,  xususiy mulkni  har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga  doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi  Farmoni  yurtimiz tadbirkorlari uchun  ko’plab imkoniyatlar eshigini ochib berdi.  Buxoro viloyat bojxona boshqarmasida mazkur farmon ijrosini ta’minlash borasida  muntazam ravishda tadbirkorlar ishtirokida  turli tadbirlar, seminar va uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Ushbu muloqotlarda tadbirkorlik sub’ektlarini qiziqtirgan savollar va ular faoliyatida uchrayotgan muammolar  tahlil etilib, ularni bartaraf etish borasida amaliy ko’mak ko’rsatilmoqda.  Yaqinda tadbirkorlik sub’ektlari,  bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha  mutaxassislar va  viloyat bojxona rasmiylashtiruvining  mutasaddi bo’lim va  guruh xodimlari ishtirokida o’tkazilgan ana shunday tadbirda so’nggi yillarda  mahalliy  ishlab chiqaruvchilarni samarali qo’llab-quvvatlash siyosatini amalga oshirish, mamlakatimizda  yaratilgan  muqobil investitsiya muhitining  huquqiy asoslarini kuchaytirish va mamlakat investorlarining  manfaatlarini himoya qilish borasida  qabul qilinayotgan qonun va farmonlar hamda ularning mazmun mohiyati yuzasidan  ma’lumotlar berildi.

 Tadbir davomida   2017 yildan boshlab bojxona to’lovlari bo’yicha  berilayotgan imtiyozlar to’g’risida qabul qilingan qonun va qonun osti xujjatlar va ularga kiritilgan  o’zgartirishlar  to’g’risidagi   Prezident Farmoni yuzasidan  amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so’z yuritildi. Shuningdek, bojxona to’lovlari bo’yicha   berilayotgan  imtiyozlar yuzasidan ko’plab   ma’lumotlar almashildi. Xususan,  hozirda  300 ga yaqin  bojxona to’lovlari to’lashdan ozod qilish bo’yicha  normativ-huquqiy hujjatlar amalda bo’lib,  shulardan 25 tasi umumiy xarakterga, 275 tasi individual  xarakterga ekanligi ta’kidlab o’tildi.

Ma’lumot o’rnida  keltirib o’tish joizki,   viloyat bojxona boshqarmasida tashkil etilgan  tadbirlarning ijobiy samarasi sifatida  viloyatimizda 2015 yilda tadbirkorlik faoliyati  bilan shug’ullangan  yuridik shaxslarning umumiy soni 392 nafarni tashkil qilgan bo’lsa,  bu ko’rsatkich 2016-yil yakuniga kelib,   486 nafarga ,ya’ni, 24 foizga oshgan. 

Orqaga Chop Etish  302 |   01-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation