Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Valeriy Serdtse: O’zbekistonni sog’inamiz
Valeriy Serdtse: O’zbekistonni sog’inamiz

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga turli xorij davlatlaridan hamda xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar, ekspertlar tashrif buyurishib, ular saylov jarayonlari bilan tanishmoqdalar.

Ana shunday kuzatuvchilardan biri, Isroil davlatidan tashrif buyurgan jurnalist “Okno” gazetasi bosh muharriri Valeriy Serdtse “Buxoro yoshlari” gazetasi muharriri Laylo Hayitova bilan o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashdi.

-O’zbekistonda Prezident sayloviga juda qisqa muddatda, lekin yuqori darajada tayyorgarlik ko’rilganini mamnuniyat bilan aytish mumkin, - deydi u. - Bu, albatta, mamlakatda xalqaro standartlarga muvofiq, saylov qonunchiligi va saylov tizimi mavjudligi, o’ziga xos saylov tajribasi borligi samarasidir. To’g’risi, xalqaro kuzatuvchi sifatida O’zbekistonga kelishdan oldin ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan materiallar bilan tanishdim. Kuzatishlarim natijasida ishonch bilan ayta olamanki, saylov jarayonlari mamlakatingizda demokratik tamoyillar asosida ochiq va erkin, muhimi, haqqoniy tarzda o’tmoqda. O’zbekiston saylov mexanizmida xorij davlatlari andoza olishi mumkin bo’lgan jihatlar juda ko’p, desam adashmagan bo’laman.

Buxoro viloyatining bir nechta saylov uchastkalarida bo’ldim. Saylov okrugida tashkil etilgan matbuot markazi ham, biz, jurnalistlar va kuzatuvchilar uchun katta qulaylik bo’ldi. Bundan tashqari, Prezidentlikka nomzodi qo’yilganlarning har biri uchun, nafaqat, OAVda, balki tashqi reklamalarda ham bir xil o’rin ajratilgani e’tiborga molik. Ko’plab davlatlarda saylov jarayonlarini kuzatganman. Menga eng yoqqani xalqning saylovga befarq emasligi, mazkur jarayonning Vatan ertasi bilan bog’liq ekanligini anglab etgani bo’ldi. Saylov jarayonlarida aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning faolligi e’tiborga loyiq.  Shuningdek, nogironlar yoxud saylov uchastkalariga kela olmaydigan fuqarolar uchun ham qulayliklar yaratilgan ekanki, bular mamlakatning milliy qadriyatlarni bosh mezon bilib, insonparvarlik, saylovchilarga qulaylik yaratishga qaratilgan ezgu ishlaridir. O’zbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlikni yuqori baholayman.

-Bilishimizcha, bolalik xotiralaringiz, umringizning navqiron damlari O’zbekiston bilan bog’liq. Ayniqsa, mamlakatimizning so’lim vodiysi siz uchun begona emas. Mana, qariyb 30 yildirki, siz Isroil davlatida yashab, faoliyat ko’rsatib kelmoqdasiz. Sir bo’lmasa, uzoq yildan so’nggi tashrifda sizni qanday taassurotlar chulg’adi?

- Ha. Uzoq yildan so’nggi tashrif! Xuddi kosmosda uchib, haqiqiy mo’’jizalar dunyosiga tushgandek bo’ldim. To’g’ri, har soniya, har daqiqa qalbim, yuragim O’zbekiston bilan edi. Uni suratlarda, internet tarmoqlarda kuzatardim. Lekin bu yuksak o’zgarishlarni, tengsiz taraqqiyotni, ko’z bilan ko’rib, his qilish hayrati o’zgacha ekan. Mamlakatingizda, yo’q, to’g’rirog’i, O’zbekistonimizda yashab,  umrguzaronlik qilgan chog’larim sobiq ittifoq davriga to’g’ri kelgan. Odamlarning yashash tarzi, fikru o’yi, ular ko’zlaridagi hadik, tushkunlik nigohlarimda qolgan edi. Bugun esa aholining turmush tarzi, qarashlaridagi yoniqlik, kayfiyat, keng dunyoqarash, yuksak madaniyat va salohiyatning keskin tarzda o’zgargani meni g’oyatda xursand qildi. Vatandoshlarimning har  tomonlama yuqori bosqichga ko’tarilgan mamlakatda yashab, kuch va g’ayrat bilan kelajakka intilayotgani tahsinga sazovor.

- Bugun Isroil davlatida yashayotgan millatdoshlarning turmush tarzi, faoliyatidagi samaralari to’g’risida qisqacha to’xtalsangiz.

- Ochig’i, 1990 yilga qadar O’zbekiston davlatidan Isroilga ko’chib kelganlar ko’pchilikni tashkil etardi. Bugungi kunda esa, deyarli, ko’chib kelishmayapti, desam xato bo’lmaydi. Axir, shunday jannatmakon diyordan uzoqlasha olish mumkinmi? (kulib)

- Jurnalistik faoliyatingiz bilan bog’liq  jarayonlar xususida ham so’zlasangiz.

-  Adabiyotga, jurnalistikaga qiziqishim bolaligimdan baland. Shuning uchun ham Andijon davlat universitetining rus filologiyasi fakultetini tugatganimdan so’ng faoliyatimni jurnalistika sohasiga qaratdim. Uzoq yillar “Andidjanskaya Pravda” gazetasi muxbiri sifatida ishladim. Tezkor xabaru, o’tkir syujetli tahliliy maqolalarim gazetxonlar tomonidan munosib baholangan. Umr, degani oqar suv ekan. Isroil davlatiga ko’chib kelgach, mahalliy gazetalarga bir-ikki chiqishlar qildim. To’g’risi, o’shanda, bu erda rus matbuotiga bo’lgan e’tibor meni o’ylantirib qo’ygandi.

Bugunga kunda “Vesti” gazetasida faoliyat ko’rsatish bilan bir qatorda, “Okno” gazetasi bosh muharririman. “Okno” gazetasi adabiy-badiiy, ijtimoiy-madaniy hayot mavzuini bosh mezon qilib olgan. 12 sahifadan iborat, haftada ikki marotaba chop etiladi. Turli millatga mansub jamoatchi muxbirlarimiz tomonidan tayyorlanadigan adabiy ocherklar, intervyu va reportajlarni gazetxonlar intiqib kutishadi...

- Bevosita “Buxoro yoshlari” gazetasi bilan tanishdingiz. Qisqacha mulohaza va  takliflaringiz bilan o’rtoqlashsangiz.

- Ajoyib, dizayni ham zamonaviy ko’rinishda. Gazetxonlar qamrovi ham etarlicha. Menga, ayniqsa, tahririyat qoshida “Parvoz” yosh jurnalistlar mahorat maktabi tashkil etilgani qizg’in taassurot qoldirdi. Jamoatchi muxbirlaringiz bilan suhbatda ularning g’oyatda faol va bilimdon, jurnalistikaga qiziqishi baland ekanligini ko’rdim. Ingliz, rus tillarida bemalol so’zlasha olisharkan. Gazeta sayti ham o’ziga xos yuritilar ekan. Yoshlar charchashmasin! Qoyil! Taklifim esa shu: men “Buxoro yoshlari”ni “Okno” bilan doimiy hamkorlikka chorlayman!

- Mamlakatimizga tashrifingiz hamda bildirgan firk-mulohazalaringiz uchun katta rahmat.

-  Sizga ham rahmat! Yana diydor nasib etsin. Nurli va mo’’jizakor diyorga hech qachon ko’z tegmasin! O’zbekiston kelajagiga, ertangi yorug’ kuniga ovoz bergan xalq saylovi, albatta,  shu mamlakat va uning xalqi uchun sidqidildan xizmat qilishiga ishonaman!

Suhbatdosh: Laylo Hayitova, jurnalist.

Orqaga Chop Etish  416 |   03-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 23
  • Ko`rib chiqilmagan: 6
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

25-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat соат 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation