Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Ijtimoiy sheriklik bo’yicha Jamoat komissiyasining majlisi
Ijtimoiy sheriklik bo’yicha Jamoat komissiyasining majlisi

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Buxoro viloyati bo’linmasi konferents-zalida xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo’yicha Jamoat komissiyasining majlisi bo’lib o’tdi. Unda Jamoat komissiyasi a’zolari, viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari vakillari ishtirok etishdi.

Ta’kidlanishicha, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha Jamoat fondi tomonidan o’tgan 2016 yil davomida nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari, shuningdek fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun jami 7 ta mavzuda va 83 ta yo’nalishda grant tanlovlari e’lon qilindi.

  Ushbu grant tanlovlarida Buxoro viloyatidan 30 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari o’z loyihalari bilan ishtirok etishib, shulardan 15 tasi, xususan 9 ta nodavlat notijorat tashkiloti va 5 ta ommaviy axborot vositasi hamda 1 ta fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi grant yutib olishdi.

Jamoat fondi tomonidan ushbu yutib olingan grant loyihalarining har biriga 25 million so’mgacha yo’naltirilib, jami 365 million 600 ming so’m miqdorida moliyalashtirildi.

Alohida qayd etish kerakki, bu ko’rsatkich 2015 yilga nisbatan 6 taga ko’pdir. 

Bugungi kunda ushbu nodavlat notijorat tashkilotlaridan 2 tasi va ommaviy axborot vositalaridan 4 tasi moliyalashtirilgan loyihalarini amalga oshirib bo’lishdi. Qolganlari esa yaqin kunlarda yakunlash arafasida.

Majlisda Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkiloti,  Jondor tumanidagi “Nurafshon” oilani ijtimoiy himoyalash markazi, “Buxoro oqshomi” va “Kogon hayoti” gazetalari tahririyatlari amalga oshirgan loyihalarining yakuni bo’yicha o’z hisobot-taqdimotlarini amalga oshirishdi.

Majlisda shuningdek, davlat organlari nodavlat notijorat tashkilotlari ko’magiga ehtiyoj sezadigan ustuvor yo’nalishlarni aniqlab olish bilan bog’liq masalalar ham muhokama etildi.

Shuningdek, ijtimoiy sheriklik bo’yicha Jamoat komissiyasi majlisidan so’ng “Viloyatdagi jamoat tashkilotlarining davlat granti tanlovlaridalarida ishtirokini faollashtirish” mavzusidagi seminar ham tashkil etildi. Unda Parlament komissiyasi a’zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jahongir Shirinov, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Buxoro viloyati hududiy bo’linmasi xodimi Qahramon Muhammedovlar Davlat granti tanlovlarida ishtirok etish uchun taqdim etilgan loyihalarni ko’rib chiqish  hamda Davlat granti tanlovlarida ishtirok etish uchun loyihani tayyorlash tartiblari to’g’risida ma’lumotlar berishdi.

Orqaga Chop Etish  136 |   06-04-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation